Il Mattino: Napoli Milinkovich-Savichni sotib yuborishi mumkin
Il Mattino nashri xabariga ko'ra, Napoli Milinkovich-Savichni sotib yuborishga tayyor, uning o'rniga esa Musso nomzodi ko'rib chiqilmoqda.
Il Mattino xabariga ko'ra, Napoli Milinkovich-Savichni sotib yuborishga tayyor.
"Ismi daxlsiz deb hisoblanmaydigan futbolchi — Milinkovich-Savich. Yechim topish oson emas, ammo munosib taklif tushsa, Napolida o'rinbosar ham bor — Musso. Atletiko uning transferiga qarshi emas va Atalanta sobiq o'yinchisi La Ligadagi muvaffaqiyatsiz davrdan so'ng A Seriyaga qaytishni istaydi. Bir jihatni qayd etish kerak: De Laurentis Meretni saqlab qolmoqchi, ammo darvozabon mavsumni (ikki yil avvalgidek) yakunlanayotgan shartnoma bilan boshlaydi. Aleks bunga unchalik ahamiyat bermayapti va xavotirda emas: u shartnoma uzaytirilishini biladi, ayniqsa, Napoli xo'jayini uni ishonchli variant deb biladi."