Mayk Menyan jarohati bo'yicha yangi ma'lumotlar
«Milan» darvozaboni Mayk Menyan jarohat oldi. Seshanba kuni futbolchi MRT tekshiruvidan o'tadi.
Menyan uchun xavotir: seshanba kuni ko'p narsa oydinlashadi! 🚨
«Milan» sardorining jarohati bo'yicha yangi tafsilotlar paydo bo'ldi. Daniele Longo ma'lumotiga ko'ra, Mayk o'yin vaqtidagi to'qnashuvdan so'ng o'ng sonining yaqinlashtiruvchi mushaklari sohasida og'riq sezgan.
Dushanba kuni u Milanga qaytadi va seshanba kuni MRT tekshiruvidan o'tadi.
Agar fransiyalik darvozabon o'ynay olmasa, imkoniyat Lorenso Torrianiga berilishi mumkin.