Pep Gvardiola De Bryuyne va jamoa o'yini haqida fikr bildirdi
Pep Gvardiola De Bryuyne, Xoylund bilan bog'liq penalti epizodi hamda Badyashilning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bugun De Bryuyne yarim himoyadagi ikkita pozitsiyada ajoyib o'ynadi. Bu pozitsiyalarda o'ynash unga hujumni qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab afzalliklar beradi. Bugun u ikkita gol urdi va ko'plab foydali harakatlarni amalga oshirdi.
Biz o'tgan yili bir necha oyni o'tkazib yuborgan ko'plab o'yinchilarni safga qaytarishimiz kerak. Ularning jismoniy holatini yaxshilashimiz lozim». 🔘Lang qanday o'yinchi? Insoniy jihatdan ham.
«Har kimning o'z xarakteri bor. Men u bilan gaplashishga harakat qilaman. Unga shu paytgacha imkoniyatidan kamroq ish qilganini va bu kimningdir emas, aynan uning o'z mas'uliyati ekanligini aytdim. Bir maqol bor: «Xudo o'ziga yordam berganga yordam beradi». U o'zidan ko'proq narsa talab qilishi kerak.»
🔘Xo'sh, De Bryuyne-chi?
«Chempionlarni shug'ullantirish ancha osonroq. Ammo daho va iste'dodga ega bo'lgan, shunchalik intizomli bo'lgan bunday ajoyib o'yinchilarni hech qachon ko'rmaganman. Menga ularning ko'pini shug'ullantirish baxti nasib etdi, yana ko'plarini shug'ullantiraman va umid qilamanki, yana ko'plab shunday futbolchilar bilan ishlayman.»
🔘Badyashilning «Inter»ga qarshi o'yindagi xatosidan keyingi yaxshi o'yini...
«Gap u xato qilgani uchun omadsiz ekanligida emas. Sen yo yaxshisan, yo yomon. Barchamiz xato qilamiz, ammo «Inter»ga qarshi o'yinda xatoni men qilgandim.U [Badyashil] ajoyib pas berish qobiliyatiga ega. Uning hammasi joyida bo'lishi kerak va biz ortiqcha xavotirlanmasligimiz lozim. Biz ishlashimiz kerak, chunki seshanba kuni bizni «Vilyarreal»ga qarshi muhim o'yin kutib turibdi.»
🔘Xoylund bilan bog'liq penalti voqeasini tushuntirib bera olasizmi? Bir-biringizga nima dedingiz?
«U oldimga kelib, penaltini tepishni xohlamaganini, ammo De Bryuyne to'pni unga uzatganini aytdi. Men unga to'pni qaytarib berishi kerakligini aytdim.»