Kristofer Olivye «Brondbyu»ga o'tishga yaqin. Transfer summasi 1 mln yevroni tashkil qiladi.
Kristofer Olivye «Brondbyu»ga o'tmoqda.
Bitim deyarli yakunlangan. Transfer summasi 1 million yevroni tashkil qiladi, shuningdek, 5-7 million yevro evaziga qaytarib sotib olish bandi ham mavjud.
Oldinda tibbiy ko'rik va shartnoma imzolash jarayoni kutib turibdi.
Rasmus Xoylund Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida o'z faoliyati va terma jamoadagi debyuti haqida gapirdi.
Rasmus Xoylund Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida o'z faoliyati haqida so'zlab berdi:
🔘Bolalikdan boshlaymiz. Futboldagi ilk qadamlaringiz?
«Men «Xorsxolm»da o'ynaganman va bu klub men o'ynagan vaqtdan beri juda o'zgardi. U yerda haqiqatan ham yaxshi muhit bor edi; otam ko'p yillar davomida murabbiyim bo'lgan va meni shu yo'lga boshlagan. Keyin «Brondbyu»ga o'tdim, u yerda adashmasam, uch-to'rt yil o'ynadim. So'ngra «Kopengagen»ga o'tdim, u yerda professional futboldagi debyutimni birinchi jamoada nishonlaganman.»
🔘Milliy terma jamoadagi debyutingizdan taassurotlar?
«Shunchaki fantastik, hammasi juda yaxshi o'tdi! «Atalanta» meni o'z saflarida ko'rishni istadi, sotib oldi va ular safidagi bir nechta o'yindan so'ng gol urdim va golli uzatmani amalga oshirdim. Keyin esa murabbiy kutilmaganda menga qo'ng'iroq qilib, Daniya terma jamoasiga Millatlar ligasi doirasidagi Xorvatiya va Fransiyaga qarshi o'yinlar uchun qo'shilishni xohlaysizmi, deb so'radi. Kristian Eriksen va barcha asosiy kumirlarim yonida bo'lish, ularning jamoadoshi bo'lish aql bovar qilmas holat edi. Bu hayajonli tajriba bo'ldi.»