Rasmus Xoylund Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida o'z faoliyati haqida so'zlab berdi:
🔘Bolalikdan boshlaymiz. Futboldagi ilk qadamlaringiz?
«Men «Xorsxolm»da o'ynaganman va bu klub men o'ynagan vaqtdan beri juda o'zgardi. U yerda haqiqatan ham yaxshi muhit bor edi; otam ko'p yillar davomida murabbiyim bo'lgan va meni shu yo'lga boshlagan. Keyin «Brondbyu»ga o'tdim, u yerda adashmasam, uch-to'rt yil o'ynadim. So'ngra «Kopengagen»ga o'tdim, u yerda professional futboldagi debyutimni birinchi jamoada nishonlaganman.»
🔘Milliy terma jamoadagi debyutingizdan taassurotlar?
«Shunchaki fantastik, hammasi juda yaxshi o'tdi! «Atalanta» meni o'z saflarida ko'rishni istadi, sotib oldi va ular safidagi bir nechta o'yindan so'ng gol urdim va golli uzatmani amalga oshirdim. Keyin esa murabbiy kutilmaganda menga qo'ng'iroq qilib, Daniya terma jamoasiga Millatlar ligasi doirasidagi Xorvatiya va Fransiyaga qarshi o'yinlar uchun qo'shilishni xohlaysizmi, deb so'radi. Kristian Eriksen va barcha asosiy kumirlarim yonida bo'lish, ularning jamoadoshi bo'lish aql bovar qilmas holat edi. Bu hayajonli tajriba bo'ldi.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!