«Napoli» va «Frozinone» o'rtasidagi o'yinda penalti nega qaytadan ijro etilgani ma'lum bo'ldi. Hakam qaroriga nimalar sabab bo'lgan?
❓Nega «Napoli» - «Frozinone» uchrashuvida penalti qaytadan tepildi?
🚫Rasmus Xoylundning zarbasi vaqtida, «chochari» darvozaboni to'pni qaytargan pallada, futbol qoidalariga zid ravishda jarima maydonchasi ichida juda ko'p odam bor edi. U yerga mehmonlarning uch nafar futbolchisi va neapolliklar sardori kirib ulgurgandi. Uchrashuv bosh hakami Ermanno Felichiani o'n bir metrlik jarima zarbasini qaytadan tepishga majbur qilishi uchun shuning o'zi yetarli edi.
🔬VAR, bundan tashqari, vaziyatni sinchkovlik bilan o'rganish jarayonida «Frozinone» darvozaboni Lorentso Palmizani zarba vaqtida har ikki oyog'ini darvoza chizig'idan uzganini aniqladi.