Rasmus Xoylund Radio KissKiss nashriga intervyu berdi:
"O'ynash uchun "Maradona" stadioni — bu fantastik tajriba. U futbol tarixidagi fenomen. Umid qilamanki, u tinchlikda yotibdi, aytgancha, bugun uning tug'ilgan kuni [intervyu 30-oktyabr kuni bo'lib o'tgan], u barchasidan buyugi."
🔘Mavsum boshini qanday baholaysiz:
"O'ylaymanki, biz qo'limizdan kelgan hamma narsani ko'rsata olmadik. Bizda kerakli ochkolar soni yo'q, lekin siz aytganingizdek, mavsum hali endi boshlandi. Biz har kuni o'yinimizni yaxshilashga harakat qilamiz. Oxirgi bir yarim hafta ijobiyroq o'tdi va biz yakshanba kuni ham shu ruhda davom etishga umid qilamiz."
🔘"Montsa" ustidan qozonilgan g'alaba burilish nuqtasi hisoblanadimi?
"Ha, balki. O'ylaymanki, biz allaqachon yaxshi o'ynay boshladik, yuqorida aytganimdek, oxirgi ikki hafta ichida. "Venetsiya"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng biz yaxshiroq o'ynayapmiz, jamoa sifatida yanada qattiqroq ishlayapmiz va kuchliroq bo'ldik."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!