Nafaqat Lukka
Neapolitanlik jurnalist Dario Sarnataro va sobiq «Napoli» hujumchisi Roberto «El-Pampa» Sosa kecha oqshom «Eshtadiu du Dragau» stadionida bo'lishdi. Ular Radio Marte efirida Chempionlar ligasi o'yini vaqtida Kevin De Bryuyne o'zini juda asabiy tutganini aytib o'tishdi:
«De Bryuyne shuningdek, Amir Rraxmani va Matteo Politano bilan ham kelishmovchilikka bordi. Mushtlashuvgacha yetib bormadi, lekin ular tortishib qolishdi. Lorentso Lukka bilan bo'lgan epizoddan farqli o'laroq, bu holat translyatsiya kameralari obyektiviga tushmadi.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!