#Infantino — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Arsen Venger FIFA'dagi mojaro yuzasidan bayonot berdi

Arsen Venger FIFA'dagi mojaro yuzasidan bayonot berdi

Arsen Venger FIFA'da Janni Infantino ishtirokidagi so'nggi mojaro yuzasidan o'z munosabatini bildirdi.

⚡️Arsen Venger FIFA'da Janni Infantino ishtirokidagi so'nggi mojaro yuzasidan bayonot bilan chiqdi:

FIFA'dagi so'nggi voqealar mendan ma'lum bir aniqlik kiritishni talab qilmoqda.

FIFA'da men futbolni global rivojlantirish rahbari hisoblanaman. Jamoam bilan birgalikda o'yin ma'lumotlarini tahlil qilish, FIFA onlayn o'quv markazi, eng zarur bo'lgan 60 ta mamlakatdagi 60 ta akademiya orqali yoshlar ta'limini rivojlantirish, shuningdek, butun dunyo bo'ylab yoshlar musobaqalarini nazorat qilaman.

Bundan tashqari, men IFAB texnik maslahatchisiman. Men ushbu strategik rejaga aloqador emas edim va loyiha haqida birinchi bo'lib ommaviy axborot vositalari orqali xabar topdim.

Loyiha to'xtatilishi to'g'risidagi qaror mutlaqo zarur edi va hech qanday shubha uyg'otmaydi, chunki men FIFA'ning mustaqilligiga qat'iy ishonaman, u bizning o'yinimizga sadoqat, shaffoflik va halollik bilan xizmat qiladi.
Germaniya futbol ittifoqi Infantinoni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi

Germaniya futbol ittifoqi Infantinoni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi

Germaniya futbol ittifoqi FIFA prezidenti Janni Infantinoning yangi muddatga saylanishini qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi.

Germaniya futbol ittifoqi FIFA prezidenti lavozimiga Janni Infantinoning nomzodini qo'llab-quvvatlovchi xatni imzolashdan bosh tortdi.

Bild xabariga ko'ra, prezident Bernd Noyendorf Infantinodan uzoqlashdi, ayniqsa, Balogun bilan bog'liq qizil kartochka mojarosidan keyin.

O'ng ustun yangiliklari

Argentina terma jamoasini JChdan chetlatishni talab qilayotganlar soni 23 milliondan oshdi

Argentina terma jamoasini JChdan chetlatishni talab qilayotganlar soni 23 milliondan oshdi

Argentina terma jamoasini JChdan chetlatishni talab qilayotganlar soni 23 milliondan oshdi. FIFA esa jamoaga nisbatan sanksiya qo'llamoqchi emas.

⚽️ Argentina terma jamoasini kelasi jahon chempionatlaridan chetlatishni talab qilayotganlar soni 23 milliondan oshdi: butun dunyo bo'ylab muxlislar Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin argentinalik futbolchilarning xulq-atvoridan norozi.

O'yin yakunida Paredes Gavi va Erik Garsiya bilan mushtlashib ketdi, Molina Rodrini urdi, shuningdek, boshqa argentinalik futbolchilar ham raqibga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lishdi.

Shu fonda muxlislar internetda Albiselesteni chetlatish chaqirig'i bilan petitsiya yaratishdi. Uni 23 milliondan ortiq odam imzoladi, FIFA esa o'yindan keyingi voqealar yuzasidan tekshiruv boshladi.

Biroq, tarqalib ketgan maktubga ko'ra, Infantino argentinaliklar uchun hech qanday sanksiya bo'lmasligini bildirgan — Janni Messi va jamoadoshlarini bor kuchi bilan maqtamoqda, ularning professionalligi va ishtiyoqini qayd etib, kumush medallar bilan tabriklamoqda. Italiyalik funksioner federatsiya prezidentiga kelgusi turnirlarda zafarlar tilagan.

Ko'rinishidan, Infantinoning iste'fosini talab qiluvchilar (Ispaniya va Angliyada allaqachon talab qilinmoqda) soni yanada ortishi mumkin.