FIFA tashkilot va uning prezidentiga nisbatan kuchayib borayotgan tanqidlar fonida ularni zaiflashtirishga qaratilgan «muvofiqlashtirilgan urinishlar» mavjudligini ma'lum qildi.
Janni Infantino so'nggi haftalarda xususiy investitsiyalarni jalb qilish g'oyasi, shuningdek, Britaniyaning The Telegraph nashrida unga qarshi e'lon qilingan ayblovlar tufayli bosim ostida qoldi.
FIFA ayrim bayonotlarni asossiz va mutlaqo yolg'on deb atadi hamda tashkilot rahbariyatining kelajagi faqat nizom va demokratik tartib-qoidalar doirasida hal qilinishi kerakligini ta'kidladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!