FIFA bosh operatsion direktori ishdan bo'shatildi
FIFA bosh operatsion direktori Kevin Lamur Janni Infantinoning rejasini tanqid qilgani uchun lavozimidan ozod etildi.
🚨 FIFA bosh operatsion direktori Kevin Lamurni ishdan bo'shatdi. Bu qaror u Janni Infantinoning Jahon chempionati huquqlarining bir qismini investorlarga sotish rejasini tanqid qilganidan so'ng qabul qilindi.
Sky Sports xabariga ko'ra, FIFAning eng yuqori martabali rahbarlaridan biri va Infantinoning uzoq yillik safdoshi bo'lgan Lamur avvalroq xodimlarni ushbu rejalar borasida «aldashganini» aytib o'tgan edi.
Bugun kechqurun FIFA uning tashkilotni tark etganini rasman tasdiqladi.