Laziz Abduraimov U-17 Jahon chempionatida ishtirok etadi
Buxoro jamoasi hujumchisi Laziz Abduraimov O'zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasiga kiritildi.
"Buxoro" jamoasi futbolchisi U17 Jahon chempionatida ishtirok etadi!
Qatar davlati yashil maydonlarida 19-noyabrdan 3-dekabrga qadar 17 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasida Jahon chempionati o’tkaziladi.
FIFA rasmiy sahifasi O’zbekiston U-17 termasining yakuniy qaydnomasini e’lon qildi. Unda jamoamizning iqtidorli hujumchisi Laziz Abduraimov joy olgan.
Ma’lumot uchun, ushbu mundialda U17 terma jamoamiz Kot-d’Ivuar, Yamayka va Italiya termalariga qarshi bahs olib boradi.