Ayollar o'rtasidagi JCh-2027 saralashi: O'zbekiston raqiblari ma'lum bo'ldi
2027-yilgi ayollar o'rtasidagi JCh saralashi doirasida O'zbekiston ayollar terma jamoasi raqiblari aniqlandi.
2027-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati qit’alararo pley-off turnirining dastlabki bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko'ra O'zbekiston ayollar terma jamoasi saralashning ushbu bosqichida quyidagi jamoalar bilan o'yin o'tkazadi:
O'zbekiston - Papua Yangi Gvineya
O'zbekiston - Gana
O'zbekiston - Janubiy Afrika Respublikasi
Ma'lumot uchun, Jahon chempionati saralashining ushbu bosqichi noyabr-dekabr oylarida markazlashgan holda tashkil etiladi.