Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Mash`al — yangiliklari Umumiy

Mash`al va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Murabbiy klubdagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi

Murabbiy klubdagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi

Murabbiy mag'lubiyatdan so'ng klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar, oyliklar kechikayotgani va jamoadagi jiddiy muammolar haqida gapirib o'tdi.

Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Ular haqli tarzda yutishdi. Ikkita qo'pol xatomizdan foydalanishdi. Nimadir deyish qiyin. Teng o'yin bo'ldi va bir jamoa g'alabaga erishdi.

- Bugungi mag'lubiyatda jamoadan nimalar yetishmayotganini ko'rdingiz?

- Bizning ro'yxatimizda faqatgina yetishmovchiliklar bor. Ko'ngil to'layotgan hech narsa yo'q. Klubdagilar anchadan beri oylik olmayapti. Bunday holatda futbolchilarni ham to'g'ri tushunaman va ulardan biror nimani talab ham qila olmayman. Tanaffusda deyarli hech qanday ishlar qila olmadik va shu tarzda mavsumni yakunlashga majburmiz. Bizda faqat muammolar bor va buni sanash uchun soatlab vaqt kerak. Klubda juda katta muammolar bo'lgani uchun jadvalda chiroyli bo'lmagan joyda turibdi. Barchasiga qaramasdan o'ynashga harakat qilamiz. Bir qancha yaxshi harakatlarimiz bo'ldi. So'nggi soniyalargacha umid qilamiz.

Otabek Shukurov Mash'al futbolchilari bilan uchrashdi

Otabek Shukurov Mash'al futbolchilari bilan uchrashdi

O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov o'zining ilk akademiyasi bo'lgan Mash'al futbolchilari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdi.

Superliga doirasidagi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, Mash'al akademiyasi tarbiyalanuvchisi Otabek Shukurov Toshkentda jamoamiz futbolchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Shukurov futbolchilarga iliq tilaklarini bildirib, mavsumning qolgan qismida ishonch, jipslik va kurashchanlik bilan harakat qilishga chaqirdi. O'zi bosib o'tgan futbolchilik yo'li haqida gapirib, mehnat va intizom har qanday futbolchini katta yutuqlarga olib chiqishini ta'kidladi.

Shuningdek, Otabek Shukurov jamoaga o'z imzosi tushirilgan esdalik futbolkasini sovg'a qildi. Bu sovg'a futbolchilar uchun yoqimli xotira va qo'shimcha motivatsiya bo'ldi.

Aytish joizki, Otabek Shukurov aynan Mash'al akademiyasida kamol topib, katta futbolga yo'l olgan. Akademiya bugungi kunga qadar O'zbekiston futboliga Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov va boshqa ko'plab iqtidorli futbolchilarni yetkazib bergan yurtimizdagi eng nufuzli futbol maktablaridan biri hisoblanadi.