Mash'al bilan durangdan so'ng raqib murabbiyi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi
FCMASHAL.UZ ↗ ●●●●● Matbuot 👁 21

Mash'al bilan durangdan so'ng raqib murabbiyi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

– Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

– Bu uchrashuvda hech qaysi jamoaning osonlikcha ochko qo'lga kiritmaganligi aniq, men buni oldindan bilardim va ushbu fikrni futbolchilarga ham tushuntirishga harakat qildim. Chunki raqib qanday jamoa bo'lishidan qat'i nazar, biz yaxshi shakllangan "Mash'al" jamoasiga qarshi maydonga tushdik. Garchi ular ma'lum sabablarga ko'ra ko'plab o'yinlarda g'alabani boy berib, mag'lubiyatga uchragan bo'lsalar-da, ushbu bahsda hech kim osonlikcha ochko olmaganini aniq bilaman. Mazkur jamoa yaxshi shakllangan bo'lib, boy tarixga va kuchli akademiyaga ega hisoblanadi. Har bir raqibni hurmat qilish kerak. Hech bir raqibdan qo'rqmaslik, ammo unga nisbatan hurmatni maydondagi harakatlar orqali ko'rsatish zarur. Professional sifatida har bir futbolchi o'yinlarga to'g'ri tayyorgarlik ko'rishi va maydonda borini berib harakat qilishi lozim. Afsuski, bugungi o'yinda bizda qulay vaziyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan foydalanib, gol ura olmadik. O'ylaymanki, bahs qiziqarli o'tdi, lekin vaziyatlardan unumli foydalana olmasak, g'alaba qozonish juda qiyin bo'ladi. Bunga qaramasdan, men yigitlarga ishonaman va ushbu durang uchun mas'uliyatning katta qismini o'z zimmamga olaman. Ehtimol, futbolchilarga yana qandaydir boshqacha ko'rsatmalar berishim kerak edi. Umuman olganda, futbolchilar yaxshi harakat qilishdi, lekin yaxshi o'yinchilardan tarkib topgan "Mash'al" jamoasini ham hurmat qilish lozim. Kelasi o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'rib, o'zimiz uchun kerakli natijalarni qayd etishga harakat qilamiz. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman va keyingi o'yinlarda ularni g'alabalar bilan xursand qilishga intilamiz.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!