– Bugungi o'yin haqidagi fikrlaringiz.
– Nihoyat, biz gol o'tkazib yubormasdan o'ynadik. Umuman olganda, o'yindan, uning mazmunidan, ayniqsa, himoyadagi jamoaviy harakatlardan ko'nglim to'ldi. Ya'ni, biz talab qilgan vazifani yigitlar bajarishdi. To'g'ri, bizda hujumni yakunlash bosqichida juda katta muammolar bor va bu yaqqol ko'zga tashlandi. Agar himoyadan hujumga o'tishda biroz yaxshiroq harakat qila boshlagan bo'lsak ham, aynan yakunlovchi bosqichda muammolarimiz yetarli. Biroq umuman olganda, yana qaytaraman, o'yindan qanoatlandim. Natijadan bo'lmasa ham, hech bo'lmaganda himoyada gol o'tkazmaganimizdan xursandman. Ehtimol, bu eng asosiy jihatdir.
– Humoyun Murtazoyev o'yin tugashiga 5 daqiqa qolganda maydonga tushirildi. Uning birorta jarohati bormi yoki taktika shunday tanlanganmi? Nega u so'nggi daqiqalarda maydonga tushirilmoqda?
– Chunki men shunday qaror qildim. Ergashevning harakatlari meni to'liq qanoatlantirmoqda. Agar Ergashev kuchliroq o'ynasa, u maydonga tushadi, aks holda, zaxirada qoladi. Men uchun futbolchining familiyasi qanday ekanligining ahamiyati yo'q. Qolaversa, biz yangi jamoa shakllantiryapmiz va asosiy e'tiborni kelgusi yilga qaratganmiz. Biz ishlaymizmi yoki boshqalarmi, baribir jamoa 99 foizga yangilanadi. Bu rahbariyat tomonidan qo'yilgan vazifa – tarkibni to'liq yangilash va imkon qadar o'z tarbiyalanuvchilarimizdan iborat asosga ega bo'lish. Tushunarliki, faqat o'z yigitlarimiz bilan buni uddalay olmaymiz, agar moliyaviy imkoniyatlar bo'lsa, tarkibni kuchaytirish kerak bo'ladi. Lekin asosiy e'tiborni o'z o'yinimizni shakllantirishga qaratmoqdamiz. Turnir jadvalidagi holatimiz bizni umuman tashvishga solmaydi, shuning uchun harakat qilyapmiz, kuzatyapmiz va yoshlarga o'zlarini ko'rsatishga imkon beryapmiz. Kimdir bunga tayyor, kimdir esa yo'q. Lekin ular ertami-kechmi baribir tayyor bo'lishadi. Hozirgi vaqtda, tabiiyki, ularni kuzatmoqdamiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!