Mirko Yelichich: "Mash'al"ga qarshi o'yin oson kechmadi"
PFC Lokomotiv ↗ ●●●●● Matbuot 👁 24

Mirko Yelichich: "Mash'al"ga qarshi o'yin oson kechmadi"

Mirko Yelichich: - "Mash’al"ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman. Ular maydonda qo‘rqmay harakat qilishmoqda. O‘yin oson kechmadi. To‘liq 90 daqiqa "yopiq" futbol o‘ynab bo‘lmasligini bilardik. Baribir zonalar ochilib qolardi. To‘xtovsiz bosim qilishimiz kerak muhim edi.

- Jamoa to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu siz uchun nimani anglatadi?
- To‘qqizta o‘yin qoldi. Biz musobaqa jadvaliga qaramayapmiz. O‘yinimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. Birinchi navbatda jamoa o‘yini va uni yaxshilash. Shunda ko‘nglim to‘ladi.
- Demak, bugungi o‘yindan qoniqdingizmi?
- Menga nechanchi o‘rinni egallashimiz muhim emas, ochig‘i. Muhimi, ushbu mavsumdan ko‘proq futbolchilarni tarbiyalash. Faqat egallaydigan o‘rnimiz eng muhimi emas.
- Ja’far Bahodirovni maydonga tushirishingizga sabab hisob bo‘ldimi yoki o‘yindan oldin ham shuni reja qilganmidingiz?
- Jamoaga ko‘proq kuch kerak edi. Temurxo‘ja va Sardor charchab qolishdi. Abduholiqov to‘psiz ham ko‘p harakat qilmoqda. Ja’far esa kuchga to‘la bo‘lib maydonga tushdi.
- To‘rt kundan so‘ng Kubokda "Bunyodkor" bilan o‘ynaymiz, keyin esa besh kun o‘tar-o‘tmas "Neftchi" bilan. Tiklanishga vaqt yetyaptimi?
- Yo‘q. Shunchaki qanday tiklanish tizimi o‘zgaradi. Biz hozir e’tiborni o‘yindagi jarayonlarga qaratdik. Shuning uchun, hozir qanday yo‘l tutishni bilamiz. "Bunyodkor"ga qarshi "Mash’al" bilan qilgan o‘yinimizni qilmaymiz.
- Yelichich jamoalari juda barqaror o‘yin namoyish etadi va sekinlik bilan o‘yinni yaxshilab boradi. Qaysi mashhur murabbiylarni kuzatasiz va ulardan nimalarni o‘rganasiz?
- Mening sevimli jamoam - "Liverpul". Klopp davridagi futbol yoqardi. Juda intensiv edi. O‘yinni nazorat qilish bo‘yicha esa "Barselona", o‘z vaqtida Byelsa ham "Lids"da yaxshi ishlagandi. Hozir "Komo"ni misol sifatida keltira olaman. Fabregas ko‘p narsani o‘zgartirdi. Men uchun muhimi pozision o‘yin.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!