Surxon 1:0 Qo'qon 1912: jamoamiz g'alabaga erishdi
Surxon o'z maydonida Qo'qon 1912 jamoasini Dzebniaurining goli evaziga mag'lub etdi.
90+4'|Uchrashuv yakunlandi va jamoamizdan ajoyib g'alaba
🟡SURXON 1:0 QO'QON 1912🔵
Dzebniauri 8' (1:0)
Surxon o'z maydonida Qo'qon 1912 jamoasini Dzebniaurining goli evaziga mag'lub etdi.
90+4'|Uchrashuv yakunlandi va jamoamizdan ajoyib g'alaba
🟡SURXON 1:0 QO'QON 1912🔵
Dzebniauri 8' (1:0)
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng hakamlik qarorlari va jamoaning natijalari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Paxtakor”ga qarshi o’yindan so’ng o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
— O'yin haqida fikringiz?
— Qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Natija qoniqarsiz, lekin o'yinimiz yomon emas. Yana eski kasalimiz qo'zg'adi: gol ura olmadik. Bahs boshida oson golni o'tkazib yubordik. Shundan keyin kuch topib oldinga bordik. Gol urishga muvaffaq bo'ldik, lekin qaysi sababga ko'ra ofsaydni aniqlashdi, tushunmadim. Birinchi marta VAR orqadan chiziq chizishini ko'rishim, hayron qoldim. Lekin na iloj, kinoda aytadi-ku: qozi pochcha, chiqargan qonunlariz hamma narsaga to'g'ri kelaveradi. Yangi qoida chiqib biz bexabar qoldikmi, yoki ma'lumotlardan orqadamizmi - bilmadim. Juda uyatli ko'rindi, shaxsan men tushunmadim. "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Gol urmasang vaziyat uchun ochko bermaydi. Yigitlarimizning kayfiyati tushib ketdi. Endi keyingi o'yinga hozirlik ko'ramiz.
— Ikkinchi bo'limda etarlicha vaziyatlar yaratildi. Jamoangiz nechanchi o'yindirki 0:2 hisobida ortda borib ham ko'p vaziyatlarga ega bo'lyapti. Ammo hisob tenglashish o'rniga raqib uchinchi golni urdi. Buni qanday izohlaysiz?
— Aytdim-u bir vaziyatda golimizni hisobga olishmadi. Yangi qonun chiqqan bo'lsa kerak. Buning ustiga futbolchimiz uch metrdan to'p kirita olmadi. Tanaffusga 2:1 hisobida chiqib ketganimizda ikkinchi bo'lim boshqacha kechishi mumkin edi. Mashg'ulotlarda yigitlar bilan gaplashyapmiz. Xatolarni tushuntiramiz. Hisob 3:0 bo'lganida ham o'yin tempi tushib kyetmadi. Oxirigacha kurash kechdi.
— Murabbiy sifatida jamoangiz ko'rsatayotgan futboldan qoniqyapsizmi?
— Qo'l ostimdagi futbolchilardan minnatdorman. Natijaga kelsak, yanada yuqorida bo'lishni maqsad qilgandik. Bunga o'zimiz aybdormiz. Avgust oyida hammasi "Nasaf" bilan o'yindan boshlandi. "Nasaf"ga yutqazmasligimiz kerak edi. "Surxon" bilan "Dinamo"ni yutishimiz, Buxoroda yutqazmasligimiz kerak edi. Hamma o'yinlarda vaziyat bo'lyapti. Baribir menda bugungi o'yin bo'yicha savol qolyapti: urgan golimizda ofsayd bormidi-yo'qmidi. Balki kamerani ko'paytirish kerak. Chiziqni sal haqiqatga yaqinroq chizish kerak. Chunki bu ham muxlislar kayfiyatiga ta’sir qiladi. Jamoa bilan ishlash o'zi emas. Futbol bu koptokni ber - o'ynayveradi degani emas. Bu bilan bahona qilmayapman, bor gapni aytyapman. Biz ko'p ochko yo'qotdik, lekin maqsadimiz sovrindorlar qatoriga kirish. Buning uchun oxirigacha kurashamiz.
— OKMK o'rtamiyona jamoa bo'lib qolmay sovrindorlar qatorida yurishi uchun nima qilish kerak deb hisoblaysiz?
— Qisqa aytganda yaratilgan vaziyatlardan foydalanib gol urish kerak. Shunda g'alaba qozonasiz va tepada yurasiz.
— 2024 yil OKMK chempionatda ikkinchi o'rinni olgandi. Natijalar pasayib qolsa, odamlar Mirjalol Qosimov o'sishdan to'xtab qoldi, o'n yil oldingi Qosimov emas, jamoaga yangi qon kerak deyapti.
— Endi hammaning o'z shaxsiy fikri bor. Tilning suyagi yo'q. Hozir hamma mutaxassis. Lekin bu erga kelib ishlab ko'rishsa biladi. Noliydigan joyim yo'q, biz muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etyapmiz. Har doim yuqori natija ko'rsatishga harakat qilganman. Men birovning fikriga qarab yashamayman.
Braziliyalik markaziy himoyachi Michel Augusto «Neftchi» futbolchisiga aylandi. U yangi mavsumdan boshlab Farg‘ona klubi sharafini himoya qiladi.
Michel Augusto — RASMAN «Neftchi» futbolchisi!
«Neftchi» himoya chizig‘ini Braziliya futbol maktabining vakili bilan kuchaytirdi!
Braziliyalik markaziy himoyachi Michel Augusto Modesto Rafael dos Santos yangi mavsumdan boshlab Farg‘ona klubi sharafini himoya qiladi.
23 yoshli Michel Augusto 2003-yil 20-may kuni Braziliyaning Avaré shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi — 1,90 metr. Markaziy himoyachi sifatida harakat qiladigan Michel jismoniy kuchi, ishonchli himoyasi va maydondagi xarakteri bilan ajralib turadi.
Michel Braziliyaning eng mashhur futbol akademiyalaridan biri — «Palmeiras» tarbiyalanuvchisi.
U klub akademiyasidan boshlab asosiy jamoagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi va «Palmeiras» safida Braziliya A Seriyasida maydonga tushdi.
Michel yoshlar darajasidanoq Braziliya terma jamoalari e’tiborida bo‘lgan.
Braziliya terma jamoasi safida O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan!
Bu esa Michelning xalqaro tajribasi va yuqori darajadagi futbol muhitida shakllanganini yana bir bor ko‘rsatadi.
Shuningdek, u 2023-yilda Michel Braziliya U-23 terma jamoasi bilan Panamerika o‘yinlarida ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Turnir davomida himoyachi 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Michelning faoliyatidagi muhim yutuqlar:
• 2× Libertadores — «Palmeiras»
• Braziliya A Seriyasi
• Braziliya Kubogi
• Recopa Sudamericana
• Paulista chempionati
• Panamerika o‘yinlari — Braziliya U-23
Endi esa yangi sahifa — Farg‘ona va «Neftchi»!
Osiyo Elit Chempionlar Ligasi oldidan jamoamiz himoya chizig‘iga Braziliya futbol maktabidan yangi kuch qo‘shildi.
O'zbekiston chempionati doirasidagi bahsda "Surxon" safarda "Bunyodkor" ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi.
90+4' | Daminovdan zarba
Bunyodkor 0:1 Surxon
Dzebniauri 77' (0:1)
Chernogoriyalik mutaxassis Ivan Boshkovich “Bunyodkor” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Ivan Boshkovich - “Bunyodkor” bosh murabbiyi!
Murabbiylik faoliyatini jamoamizda boshlagan chernogoriyalik mutaxassis yana Toshkentga qaytdi. “Qaldirg‘ochlarimiz” mavsumning ikkinchi qismini Ivan Boshkovich qo‘l ostida o‘tkazadi.
Murabbiy eski va yangi shogirdlari bilan Superliganing 20-turidan o‘rin “Bunyodkor” - “Surxon” uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik doirasida yig'in boshladi va Xitoy bilan nazorat o'yini o'tkazadi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1-sentyabrdan Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi. Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz yig'in oldidan 10-sentyabr kuni safarda Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushadi.
Ravshan Haydarov tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing.
Osiyo o'yinlari-2026
15-sentyabr
O'zbekiston — Filippin
18-sentyabr
Kuvayt — O'zbekiston
22-sentyabr
O'zbekiston — Vyetnam
Surxon professional futbol klubi jamoaning sobiq futbolchisi Oleksandr Kasyan vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi.
Surxon professional futbol klubi jamoamizning sobiq futbolchisi Oleksandr Kasyanning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Surxon bosh murabbiyi Anvar G'ofurov o'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoaning o'yin sifati va kelgusi rejalar haqida gapirdi.
Anvar G'ofurov ishtirokidagi o'yindan keyingi matbuot anjumani 🎙️
Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?
Bugun yaxshi jamoaga qarshi maydonga tushdik. Raqibning hujumkor jamoa ekanini va kimga qarshi o'ynayotganimizni yaxshi bilardik. Biz uchun har bir o'yinda ochko juda muhim ekanini futbolchilarga tushuntirgan edik.
O'ylaymanki, ko'p o'yinlarda natija borasida mag'lub bo'layotgan bo'lsak-da, o'yin sifati va maydondagi harakatlarimiz borasida raqiblardan ortda qolayotganimiz yo'q. Albatta, bu yaxshi ko'rsatkich, lekin jamoaga natija ham kerak. Ishonamanki, biz bu natijaga albatta erishamiz.
Bugungi o'yin oson kechmadi. Yigitlarga katta rahmat aytmoqchiman. Ular maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, mehnat qilishdi.
Shuningdek, Termizdan uzoq masofani bosib o'tib, bizni o'z stadionimizda yolg'izlatib qo'ymagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo'llab-quvvatlashi futbolchilarimizga katta dalda bo'ldi.
Bu o'yinda qizil kartochka ham o'z so'zini aytdi. Shundan so'ng futbolchilar xato qilmaslikka, bir-birini qo'llab-quvvatlashga va jamoaviy harakat qilishga harakat qilishdi. Bu, albatta, ijobiy holat.
Qizil kartochkadan so'ng yosh jamoangizni qanday ruhlantira oldingiz?
Men har bir futbolchimga ishonaman. Bu ishonch maydonda bo'ladimi yoki maydondan tashqarida bo'ladimi — farqi yo'q. Yakuniy kengaytirilgan tarkibga kirmagan futbolchi ham, maydonga tushgan har bir futbolchi ham o'z vazifasini bajarishi va bor kuchini berishga tayyor bo'lishi kerak.
Bizda, albatta, o'zimizga yarasha kamchiliklar bor. Lekin eng muhimi — har bir futbolchi o'z vazifasini to'g'ri bajarishi va jamoa uchun borini berishi kerak. Men futbolchilarimga ishonaman.
Bugun ustozingizga qarshi maydonga tushdingiz. Keyingi turda esa «Bunyodkor» jamoasiga qarshi o'ynaysiz. Qanday o'yin kutyapsiz?
Bizni oldinda kubok o'yini ham kutib turibdi. Albatta, futbolda hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi. Agar kimdir natijani oldindan aniq bila olganida, ehtimol, u jahon chempioni bo'lar edi.
Har safar chempionlar va kuchli jamoalar o'zgarib turayotgan ekan, demak, biz ham doimo ishlashimiz va har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
«Bunyodkor»ga qarshi ham qiziqarli va mazmunli o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. Biz har bir uchrashuvga alohida tayyorgarlik ko'ramiz va maydonga maksimal natija uchun chiqamiz.
Paxtakor bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o'yindan keyingi matbuot anjumanida hakamlar qaroridan norozi ekanligini bildirdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida Kamoliddin Tojiyev qatnashdi.
Tojiyev: - Yaxshi o'yin bo'ldi, ikkala jamoa futbol o'ynashga intildi. Vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalanmadik. Bekor qilingan golni tushunmadim, takroriy lavhani ko'rdik. Hakamlar ofsayd chizig'ini darvoza orqasidan chizishmoqda. Darvoza ortidan chizilganda ham ofsayd yo'q. Ular qanday qilib chiziqni chizishganini bilmayman. Shunchaki golimizni bekor qilishdi va ochkolardan mahrum bo'ldik.
Iste’dodli futbolchi Behruz Karimov faoliyatini Shvetsariyaning Lugano klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Surxon futbolchiga omad tiladi.
Jamoamizning iste’dodli futbolchilaridan biri Behruz Karimov faoliyatini Shvetsariyaning Lugano klubida davom ettiradi.
Behruz Karimov 2025-yilgi mavsum davomida Surxon safida ishonchli va mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozonib, jamoamizning muhim uchrashuvlarida o‘zining sermahsul harakatlari hamda gollari bilan munosib hissa qo‘shdi.
Surxon futbol klubi Behruz Karimovning jamoamiz safidagi bir yarim yillik samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildiradi.
Behruzjonga yangi jamoasidagi faoliyatida muvaffaqiyat, ulkan zafarlar va yangi marralar tilaymiz!
«Neftchi» himoyachisi Mo‘minxon Bahodirxonov mavsumning qolgan qismini ijara asosida «Surxon» safida o‘tkazadi.
Jamoamiz himoyachisi Mo‘minxon Bahodirxonov mavsumning qolgan qismida ijara asosida Superliga vakili — Termizning «Surxon» jamoasi safida faoliyat olib boradi.
Unga yangi jamoasida sog‘lik, omad va muvaffaqiyatlar, maydonda esa ko‘plab chiroyli o‘yinlar va g‘alabalar tilaymiz! 🟢
Surxon futbolchisi Behruzjon Karimov faoliyatini Shveysariyaning Lugano klubida davom ettiradigan bo'ldi.
Surxon futbolchisi Behruzjon Karimov faoliyatini Shveysariyaning Lugano klubida davom ettiradi.
Surxon bosh murabbiyi Anvar G'ofurov Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Uchrashuv haqida fikrlaringiz?
— Avvalo, bugungi g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Har ikki jamoa uchun ham bu uchrashuv juda muhim edi, chunki ikkala jamoaga ham ochkolar zarur edi. Shu sababli maydonda kurashlarga boy va shiddatli o‘yin kechdi. Raqibimiz ham uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rganini namoyish etdi.
Futbolchilarimiz bugun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishdi. Ularning mehnati evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Albatta, hali ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. Oldinda yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatish uchun mehnat qilishda davom etamiz. Fursatdan foydalanib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq yo‘l bosib kelgan barcha muxlislarimizga samimiy minnatdorchilik bildiraman.
— O‘yindagi yagona gol muallifi Richard Fridayni almashtirishga nima sabab bo‘ldi? U yaxshi o‘yin namoyish etayotgan edi.
— Uchrashuv davomida maydondagi har bir futbolchining jismoniy holatini muntazam kuzatib boramiz. Richard ham o‘z vazifasini yaxshi bajardi, biroq o‘yinning o‘sha pallasida biroz charchagani sezildi.
Gol o‘tkazib yuborganidan keyin Qo‘qon jamoasi hujumkor o‘yinga o‘tdi va barcha kuchini oldinga tashladi. Biz esa qarshi hujumlardan unumli foydalanish va o‘yin tempini saqlab qolish maqsadida yangi kuchlarni maydonga tushirdik. Shu sababli Richardni almashtirishga qaror qildik. Bu individual qarordan ko‘ra, jamoaviy taktika va uchrashuvning borishidan kelib chiqqan qaror edi.
Surxon bosh murabbiyi Anvar Gafurov Xorazmga qarshi o‘yin va kelgusi rejalar haqida fikr bildirdi.
Anvar Gafurov ishtirokidagi matbuot anjumani 🎙
Bugungi uchrashuv haqida fikringiz?
Xorazm jamoasiga ham, bizga ham ochkolar juda zarur ekanligini yaxshi bilardik. Shu sababli oson o‘yin bo‘lmasligi oldindan ayon edi. Raqib jamoa uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rgani va o‘yinlarimizni yaxshi tahlil qilgani maydonda sezildi. Biz uchrashuv davomida yetarlicha gol urish imkoniyatlarini yaratdik. Shu bilan birga, darvozamiz oldida ham xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Afsuski, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalana olmadik. Albatta, kamchiliklarimiz bor va ularni bartaraf etish ustida ishlashimiz kerak. Shunga qaramay, futbolchilar maydonda bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib harakat qilishdi. Aynan shu jihat meni xursand qildi. Kelgusi uchrashuvlarda yanada sifatli va mazmunli futbol namoyish etishga intilamiz.
Oldindagi uchrashuvlar haqida rejalaringiz?
Oldinda Qo‘qon 1912 jamoasiga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Bu ham oson o‘yin bo‘lmaydi. Raqibni chuqur tahlil qilib, uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz. Maqsadimiz — muxlislarimizni xursand qiladigan yaxshi o‘yin ko‘rsatish va ijobiy natijaga erishish.
Raqib – Xorazm jamoasi haqida fikringiz?
Xorazm yaxshi futbolchilar va malakali murabbiylar shtabiga ega jamoa. Ular o‘z o‘yin uslubiga ega va shu yo‘nalishda izchil harakat qilishmoqda. Jamoaga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman. Fursatdan foydalanib, bugun stadionga tashrif buyurib bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Ularning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim.
Andijon futbol klubiga nisbatan qo'llanilgan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq bekor qilindi.
🔵 Andijon klubidan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqi olib tashlandi.
Surxon bosh murabbiyi Anvar G'ofurov Behruz Karimovning xorij klubiga o'tishi mumkinligini va jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
Anvar G'ofurov ishtirokidagi matbuot anjumani.
Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz?
Assalomu alaykum. Katta rahmat. Bugun juda qiyin o'yin bo'ldi. Andijon jamoasida murabbiylar almashganidan so'ng ularning natijalari ijobiy tomonga o'zgardi. Biz uchrashuv oson kechmasligini bilgan holda puxta tayyorgarlik ko'rgan edik. O'zimizga xos o'yin uslubimizni namoyish etishga harakat qildik. Futbolda xatolarsiz o'yin bo'lmaydi.
Jamoaning asosiy darvozaboni Davron Merganovning holati qanday?
Hozircha unda bosh chayqalishi alomatlari kuzatilmoqda. Shifokorlar to'liq tekshiruvdan so'ng uning ahvoli bo'yicha aniq xulosa berishadi.
Jamoaning yetakchilari Stefan Chinedu, Artyom Potapov va Nodirxon Ne'matxonovning jamoani tark etishiga nima sabab bo'ldi?
Bu savolga men javob bera olmayman. Har bir futbolchining o'z qarashi va maqsadi bor. Kimdir moliyaviy sabablar tufayli, yana kimdir ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun boshqa jamoaga o'tdi. Bu haqda ularning o'zidan so'ragan ma'qul. Bizning vazifamiz esa futbolchilarni har bir uchrashuvga tayyorlashdir. Tarkibimizda iqtidorli yosh futbolchilar bor. Qaysi futbolchi ketishidan qat'i nazar, Surxon o'z yo'lida davom etadi, deb o'ylayman.
Behruz Karimov bugun qaydnomadan ham joy olmadi. Bunga nima sabab?
Bu yil Behruz juda katta yuklama ostida harakat qildi. U qishda umuman dam olmadi. Dastlab o'z yosh toifasidagi terma jamoada, keyinchalik O'zbekiston U-23 terma jamoasi hamda milliy terma jamoa safida ishtirok etdi. Shu sababli unga tiklanishi uchun dam berildi. Katta ehtimol bilan Behruz faoliyatini xorij klubida davom ettiradi. Hozir u tiklanish jarayonida. Uni ham to'g'ri tushunish kerak, chunki u ham inson. Men buni to'g'ri qaror deb hisoblayman.
Bugun jamoa tarkibida maydonga tushgan yosh futbolchilarning o'yinlari haqida qanday fikrdasiz?
Albatta, rejamiz boshqacha edi, biroq birinchi bo'limda darvozabonimizning jarohat olishi ayrim o'zgarishlar qilishga majbur qildi. Yosh futbolchilarga imkoniyat berildi va ular yaxshi harakat qilishdi. Ular vaziyatlardan qay darajada unumli foydalanganiga vaqt baho beradi. Hozircha ularga yakuniy baho berishga hali erta. Eng muhimi, ular o'zlarini ko'rsatishga intilishdi. Menimcha, jamoamiz bugun yaxshi o'yin namoyish etdi.
«Andijon» bosh murabbiyi Islom Ahmedov «Surxon»ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat sabablari va transferlar haqida gapirdi.
«Andijon» va «Surxon» (1:2) uchrashuvidan keyin jamoamiz ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yinga keladigan bo'lsak, mag'lubiyatga uchradik. Ruhiy tomonlama o'yinchilarimizni yaxshi tayyorlay olmadik, deb o'ylayman. Shu kungacha jismoniy va yana boshqa tomonlama ham yaxshi edik. Yozgi yig'indan keyingi birinchi o'yin, muxlislar oldidagi bosim, g'alabaga bo'lgan javobgarlik – yuk o'yinchilarimizni bosib qo'ydi. Hammasi o'z darajasidagi o'yinni ko'rsata olmadilar. Har jabhada yutqazib qo'ydik. Asosan ruhiyat bilan bog'liq bo'ldi.
- Ko'p jabhada yutqazib qo'ydik. O'yinni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz. Ko'proq birinchi taymda o'rtani berib qo'yganga o'xshadik. Ikkinchi taymda yangi futbolchilarni, yangi kuchlarni tushirgandik, natijada hujumlar qilishni boshladik. Baribir qaerdadir o'rtani tezroq kesib o'tamiz, deya xatolikka yo'l qo'ydik. Gol urish uchun shoshildik.
- Yo'q, jismoniy holat emas. Qaerdadir ruhiy tomonlama futbolchilarni maydonga tushirib, o'yinni kuchaytirmoqchi edik. Rejamiz amalga oshmadi. Darvozamizdan to'p o'tkazdik, keyin hisobni tenglashtirdik. Afsuski, yana o'z xatoimiz bilan gol o'tkazib yubordik. Endi sovuq kallaga o'yinni ko'rib, har bir epizodni tahlil qilamiz.
- Aytganimdek, ruhiyat bilan bog'liq. Ancha tanaffusdan keyingi uyimizda o'tgan birinchi o'yin. Muxlislarimiz uchun tezroq gol urib, ularni xursand qilish maqsadida shoshilishlar va shunday holatlar ro'y berdi. Natijada xato ketidan xato kelib chiqaverdi. Shuning uchun hech bir chiziqda o'yinimiz o'xshamadi.
- Ba'zi-bir chiziqlarimizni raqobat tomonidan kuchaytirishimiz kerak. FIFA tomonidan taqiq qo'yilgandi. Lekin rahbariyatimiz buni yechishdi. Faqat FIFAdan ruxsat kelishi kerak, shuni kutyapmiz. Shunda futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazamiz. Hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ham o'yinchilar bilan gaplashyapmiz. Biroq biz xohlagan futbolchilarni o'z jamoalari bor va ularni olishimiz qiyinroq kechyapti.
- Ular bilan qiziqib gaplashdik. Aytganimdek, ularni o'z klublari bilan shartnomalari borligi uchun jamoamizga jalb qilish biroz qiyin bo'lyapti.
- Tiklanish jarayonini hozir, yechinish xonasidanoq boshlaganmiz. Ertaga tushlikdan keyin yig'ilib, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz.
Raqib darvozaboni Davron Merganov jiddiy jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga Otabek Boymurodov maydonga tushdi.
Raqib darvozaboni Davron Merganov jiddiy jarohat olib maydonni tark etmoqda. Uni o'rniga Otabek Boymurodov maydonga tushdi.
Davron Merganovga sog'liq tilab qolamiz ⚽
Surxon bosh murabbiyi Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi kechgan qiyin uchrashuv va Tornike Dzebniaurining o'yini haqida fikr bildirdi.
— Bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringiz?
— Assalomu alaykum. Avvalo, bugungi uchrashuv qiyin kechishini bilardik. Bu ikki jamoa uchun ham juda muhim, shartli ravishda aytganda, “6 ochkolik o‘yin” edi. Qo‘qon-1912 jamoasiga ham ochkolar zarur edi, biz uchun ham bu uchrashuvning ahamiyati katta edi.
O‘yinning o‘zi ham har ikki jamoa uchun qanchalik qiyin bo‘lganini ko‘rsatdi. Biz gol urish va g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatimizni ishga soldik. Xudoga shukur, bugun omad ham biz tomonda bo‘ldi va bundan juda xursandman.
Bu g‘alaba — butun jamoamizning mehnati. Murabbiylar shtabi, futbolchilar, shifokorlar, ma’muriy xodimlar, oshpazimiz va media xodimlarining barchasiga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, alohida Termizdan uzoq yo‘l bosib kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Bu g‘alabada ularning ham hissasi katta.
— Dzebniauri ancha vaqt zaxirada qolib ketdi. Hozir esa o‘yindan-o‘yinga o‘zini ko‘rsatib, ochilib bormoqda. Uni qanday ruhlantira oldingiz?
— Tornike — yaxshi va sifatli futbolchi. Albatta, o‘yindagi ayrim xatoliklari sabab birinchi davrada ancha vaqt zaxirada qoldi. Ammo hozir u o‘z ustida ishlab, o‘z imkoniyatidan unumli foydalanmoqda va o‘yindan-o‘yinga o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib boryapti.
Menimcha, eng muhimi — har bir futbolchi maydonga tushganida o‘ziga yuklatilgan vazifani to‘liq bajarishi kerak. U legioner bo‘ladimi yoki mahalliy futbolchi bo‘ladimi, farqi yo‘q. Har bir futbolchiga imkoniyat beriladi, undan foydalanish esa futbolchining o‘z qo‘lida.
Fursatdan foydalanib, Qo‘qon-1912 jamoasiga kelgusi uchrashuvlarda omad tilayman.
Neftchi jamoasi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. Stipe Perica muxlislar sovrinini qabul qilib oldi, Yan Sasse esa jamoaga qabul qilindi.
Sevimli jamoamiz navbatdagi uchrashuvga puxta hozirlik ko‘rmoqda. Bugun kechki mashg‘ulotlarni boshlashdan avval "Neftchi" – "Surxon" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Stipe Pericaga "Muxlislar mehri" sovrini tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan birga, bugun jamoamizning yangi a’zosi Yan Sasse ham jamoadoshlari tomonidan, an’anaga ko‘ra, jonli koridor orqali tantanali ravishda olqishlandi.
Paxtakor bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev OKMKga qarshi o'yindan so'ng jamoaning o'yini va kelgusi rejalar haqida fikr bildirdi.
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev OKMKga qarshi o’yindan so’ng o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
— O'yin haqida fikringiz?
— Yaxshi o'yin bo'ldi. Bahs qiyin kechishini bilardik va shunga yarasha hozirlik ko'rgandik. Bugun ko'p vaziyatlar yaratdik va unumli foydalandik. Avvalgi o'yinlarda ham ko'p vaziyat yuzaga keltirib, foydalana olmay kelayotgandik. G'alaba bilan hammani tabriklayman. Yigitlarga rahmat aytaman.
— "Paxtakor" oxirgi ikkita o'yinda ayniqsa hujumda yaxshi harakat qildi va bir nechta gollar urdi. Engillik yuzaga kelishining sababi nimada?
— Mashg'ulotlarda doim hammasi yaxshi bo'lishi uchun ishlaymiz. Omadimiz kelib gollar uryapmiz. Bundan hammamiz xursandmiz. Yanayam ko'proq to'p kiritishga intilamiz.
— Bugun realizatsiya zo'r bo'ldi: to'rtta imkoniyat va uchta gol. Adashmasam, OKMKda 6-7ta vaziyat bo'ldi. Agar hisob 2:2 yoki 3:3 bo'lib qolganida "Paxtakor" yana qo'sha olarmidi?
— Bu - o'yin, vaziyatlarni yuazaga keltirdik va ulardan foydalandik. Olmaliq jamoasi standartlarda kuchli ekanini futbolchilarimizga alohida uqtirgandik. Bugun raqibga imkon bermadik deb o'ylayman. Sal erkin harakat qilgan paytimiz ham bo'ldi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz.
— Hisob 2:0dan keyin ham qarshi hujumlardan foydalanib hisobni 4:0ga keltirish mumkin edi.
— To'g'ri, bugun qarshi hujumga ko'p marta chiqdik. To'g'risi, yanada yaxshi o'yin ko'rsatishimizga maydon holati yo'l qo'ymadi. Hali mavsum uzun, yoshlarga ham imkon beramiz.
— Jamoa "Al Ahli" bilan o'yinga tiklanishga ulguradimi?
— Bugundan shuning ustida ishlaymiz.
— Yaqinda Ro'ziqul Berdiev va Aleksandr Xomyakov O'zbekistondagi eng yaxshi hujumkor jamoa deb OKMKni aytishgandi.
— Aslida men ham ularning fikriga qo'shilaman. OKMK yaxshi jamoalardan biri. Jamoani tajribali murabbiy boshqaryapti, tarkibi ham kuchli. OKMK oxirigacha kurashib futbol o'ynaydigan jamoa. Ham o'zi o'ynaydi, ham raqibga imkon beradi. Olmaliqda g'alaba qozonish oson emas. Hozirgi OKMK oldingilarga nisbatan kuchliroq. Bu yerda boshqa jamoalarga qiyin bo'ladi deb o'ylayman.
— Elit OCHLdagi raqib "Al Ahli"ni qanchalik o'rgandingiz?
— Bu jamoa o'yinlarini kuzatib boryapmiz va tahlil qilyapmiz. Har 3-4 kunda maydonga tushayotganimiz sababli yigitlarda toliqish bor. To'rt nafar futbolchimiz jarohat olgan. Zaxiramizda birgina Nasrullaev bor edi, qolganlar esa yoshlar. Albatta, "Al Ahli" bilan qiyin bo'ladi, lekin o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.
— "Paxtakor" ishlari yurishib ketishi, uchtalab gol urib g'alaba qozonishi uchun Ortiqxo'jaev ketdi degan gaplar chiqishi yoki jamoadan Kubokdan chiqib ketishi kabi intriga kerakmidi?
— Biz ham birinchi davrada chempion bo'lmoqchi bo'ldik, endi shunaqasi ham bo'p turadi.
Surxon bosh murabbiyi Bunyodkor bilan o'yin, jamoaning hujum chizig'idagi muammolar hamda yosh futbolchilarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi.
O‘yin haqida fikrlaringiz
Assalomu alaykum. Qiziqarli va murosasiz o‘yin bo‘ldi. Har ikki jamoaga ham ochko juda zarur edi. Shunga qaramay, yaxshi futbol namoyish etildi.
Men uchun “Bunyodkor” jamoasi begona emas. Ularning futbol falsafasi va o‘yin uslubini yaxshi bilaman. Qaysi tarkib bilan maydonga tushishidan qat’i nazar, ular doimo yaxshi futbol ko‘rsatishga harakat qiladi.
Bizning futbolchilar ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi, juda katta mehnat qilishdi. Ular bu uchrashuvda bizga ochko qanchalik muhimligini yaxshi anglashgan edi.
Termizdan kelib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Ularning yordami biz uchun juda muhim.
“Surxon” so‘nggi o‘yinlarda gol ura olmayapti. Jamoaga hujumchi qanchalik yetishmayapti?
Buni faqat men emas, statistika ham ko‘rsatib turibdi. Bu muammo nafaqat bizda, balki ko‘plab jamoalarda ham mavjud.
Albatta, kerakli vaziyatlarda maydonning holati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Olmaliqdagi stadion maydonida biroz notekislik va namlik bor edi. Lekin bu bizning vaziyatlardan foydalana olmayotganimizga asosiy sabab bo‘lmasligi kerak.
Biz juda ko‘p vaziyatlar yaratyapmiz. Mirjalol Qosimov ham ta’kidlaganlaridek, jamoamiz yetarlicha imkoniyatlar yaratyapti, ammo yakuniy nuqtada muammo bor.
Bugun ham yaxshi vaziyatlar yaratdik, lekin ularni golga aylantirishda qiynaldik. Yosh futbolchilarimiz bor, ammo ularga vaqt kerak. Agar ular mavjud imkoniyatlardan samarali foydalana olishsa, balki bugun boshqa darajada — legioner sifatida faoliyat yuritayotgan bo‘lishardi.
Biz ishlashda davom etamiz. Balki jamoamiz uchun yana yangi futbolchi kashf etarmiz.
“Guliston”ga qarshi o‘yinda kutilmagan natija qayd etildi va jamoa kubokni tark etdi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
Bu natija kimlargadir kutilmagan tuyulishi mumkin. Ammo “Guliston” juda yaxshi shakllangan jamoa.
Guruh bosqichida “Buxoro” ham ushbu jamoaga mag‘lub bo‘lgan edi. “Buxoro” har bir uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘radigan, juda ahil jamoalardan biri. Har bir futbolchisi o‘yin oxirigacha bor kuchini berishga harakat qiladi. Ularni shartli ravishda “Bavariya”ga o‘xshatish mumkin — mashinadek bir maromda harakat qiladigan jamoa. Ammo ular ham “Guliston”ga mag‘lub bo‘lishdi. Bizning o‘sha uchrashuvimizda ham vaziyatlar bo‘lgan, biroq ulardan foydalana olmadik. Futbolda bunday holatlar bo‘lib turadi. Qaysi jamoa doimo yutadi? Hatto “Real Madrid” ham quyi liga vakiliga mag‘lub bo‘lgan holatlar bor. Menimcha, futbolning qiziq tomoni ham shunda.
“Surxon” “Guliston”ga qarshi o‘yinga raqibni mensimasdan tushgan degan fikrga qo‘shilasizmi?
Yo‘q, bunga qo‘shilmayman. Bizning tarkibimizda yosh futbolchilar ham maydonga tushdi. Ularga qachondir imkoniyat berishimiz kerak.
Biz deyarli bir tarkib bilan o‘yinlar o‘tkazib kelyapmiz. Futbolchilarga dam berishimiz, yoshlarimizga ham ishonch bildirishimiz zarur.
Xudo ko‘rsatmasin, asosiy tarkibdagi biror futbolchi jarohat olsa yoki kartochkalar sababli maydonga tusha olmasa, uning o‘rniga kimni tushiramiz? Yosh futbolchiga imkon bermasak, u o‘z-o‘zidan tajriba orttirmaydi.
Yosh futbolchi “Menga o‘n ta o‘yindan beri imkon berishmayapti, ammo birdaniga mendan katta natija talab qilishyapti”, deb o‘ylashi mumkin. Bu esa to‘g‘ri emas.
Biz ularga imkoniyat berishimiz, ishonishimiz kerak. Besh qo‘l barobar emas, albatta. Lekin har bir futbolchiga imkoniyat berib, uning imkoniyatlarini ko‘rishimiz zarur. “Guliston”ga qarshi uchrashuvda ham vaziyatlar bo‘lgan.
Birinchi bo‘limda standart vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadi jamoa. Ikkinchi bo‘lim esa qiziqarliroq kechdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi?
Biz har bir futbolchimizga ishonishimiz kerak. Ularga asta-sekin imkoniyat berib borishimiz zarur. Agar imkoniyat bermasak, ular tajribani qanday orttiradi? PlayStation o‘ynab o‘rganishmaydi-ku. Ular maydonga tushishi, xato qilishi va shu xatolar ustida ishlashi kerak.
Keyin biz ularni tahlil qilib, xatolarini ko‘rsatib, tushuntirishimiz lozim.
Surxon futbolchisi Behruz Shukurullayev Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi.
Behruz Shukurullayev O‘zbekiston U23 terma jamoasiga chaqiruv oldi.
Jamoamizning yosh va iqtidorli futbolchisi Behruz Shukurullayev Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga jalb etildi.
Yig‘inning dastlabki bosqichi joriy yilning 1–4-sentabr kunlari Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqich esa 5–11-sentabr kunlari Xitoyda davom etadi.
Shuningdek, 12-sentabrdan 4-oktabrga qadar Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston U23 terma jamoasi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ilyos Zeytullayev va uning murabbiylar shtabi o‘z xohishiga ko‘ra «Bunyodkor» klubidan ketdi.
Asosiy jamoamizning murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi.
Bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev hamda uning yordamchilari Alessandro Spinoglio, Andres Moauro, Marko Nikodemo o‘z xohishi va tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra iste’foga chiqdi. Biz Ilyos Bekirovich va uning yordamchilariga qiyin damlarda jamoaning kelajagi uchun amalga oshirgan samarali ishlari, mehnati, fidoyiligiga minnatdorchilik bildirgan holda mutaxassislarning murabbiylik faoliyatiga omad-zafarlar tilab qolamiz!
Buxoro klubining sobiq futbolchisi Aleksandr Kasyan vafot etdi. Marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Buxoro futbol klubi safida 2023-yilgi mavsumda to‘p tepgan ukrainalik futbolchi Aleksandr Kasyanning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, yaqinlari va barcha muxlislariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Kecha bo‘lib o‘tgan Paxtakor va Surxon jamoalari o‘rtasidagi bahsdan eng yorqin kadrlarni tomosha qiling.
Kecha bo‘lib o‘tgan Paxtakor 0:0 Surxon uchrashuvidan eng yorqin va hayajonli kadrlarni taqdim etamiz!
Murosasiz kurash, yuqori temp va so‘nggi daqiqalargacha davom etgan jangovar bahs — barchasi fotokadrlarimizda! 🫡⚽️
Fotomuxbirimiz Omiljon Xakimov uchrashuvning eng sara lahzalarini siz uchun muhrlab oldi.
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi a’zosi Mo‘minxon Bahodirxonov mavsum yakuniga qadar ijara asosida «Surxon» safiga qo‘shildi.
«Neftchi» jamoasi safida to‘p surgan, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi a’zosi Mo‘minxon Bahodirxonov mavsum yakuniga qadar ijara asosida jamoamiz safida faoliyat olib boradi.
Iqtidorli futbolchi 2026-yil yakuniga qadar jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Mo‘minxon Bahodirxonov O‘zbekiston U-18 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan hamda Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Yangi futbolchimizga jamoamiz safida muvaffaqiyatli faoliyat, yorqin o‘yinlar va muhim g‘alabalarga munosib hissa qo‘shishini tilaymiz!
«Surxon» klubi «Neftchi» jamoasi futbolchisi Mo‘minxon Bahodirxonovni ijaraga oldi.
«Surxon» klubi «Neftchi» jamoasi futbolchisi Mo‘minxon Bahodirxonovni ijaraga oldi. 🟡
25 yoshli himoyachi Nodirxon Ne'matxonov «Surxon» klubidan «Qizilqum» safiga o'tdi. Futbolchi yil oxirigacha mo'ljalangan shartnomani imzoladi.
Nodirxon Ne'matxonov — «Qizilqum» futbolchisi!
25 yoshli himoyachi Nodirxon Ne'matxonov jamoamiz safiga kelib qo'shildi ✅
Futbolchi «Qizilqum» ga Termizning «Surxon» klubidan yil oxirigacha mo'ljalangan shartnoma asosida transfer bo'ldi va u jamoa safida 40-raqamli libosda harakat qiladi.
Nodirxon shu kungacha «Surxon», «Neftchi», «Sho'rtan» hamda OKMK jamoalarida to'p tepishga ulgurgan.
«Andijon»ning yangi darvozaboni Artyom Potapov jamoaga moslashuvi, maqsadlari va muxlislar haqida intervyu berdi.
«Andijon» klubi transfer qilgan yangi futbolchilari orasida rossiyalik darvozabon Artyom Potapov ham borligini bilasiz. U jamoaga moslashib ketdi va mashg'ulotlarda ham astoydil ishlamoqda.
Bilasiz, Potapov yurtimizda hozirga qadar «Surxon» bilan «Xorazm»da faoliyat olib borgan. Endilikda «Andijon» sharafini himoya qiladi.
Darvozabon bu boradagi dastlabki intervyusini berdi.
Artyom, «Andijon»ga ko'chib o'tishingizning asosiy sababi nima?
«Andijon»ga kelib qo'shilish varianti paydo bo'lganidayoq o'ylab o'tirmasdan qaror qabul qildim. Chunki uni o'ziga xos tarix va katta ishqibozlar armiyasiga boy klub sifatida bilaman. Murabbiylar shtabi ham kuchli ijrochilardan. Futbolchilarni hammasi ham qobiliyatli.
Bungacha siz O'zbekistonda «Surxon» va «Xorazm» uchun o'ynagansiz. Faoliyatingizning «Andijon»dagi yangi bosqichida nimalarni kutyapsiz?
Yuqori talabga mos tushishga harakat qilaman. Kerakli natijalar qo'lga kiritilishi uchun o'zimdagi bor kuchni sarflashga tayyorman va bu bilan muxlislarni quvontirish maqsadim bor.
Yangi jamoada himoyachilar bilan darvozabonning bir-birlarini tushunishlari qay darajada muhim?
Bunday futbolchilar jamlangan jamoada kirishib ketish hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. Shunday muhitda futbol maydonida ham, uning tashqarisida ham bir-biringiz bilan osongina til topishish mumkin.
«Andijon» ishtirokidagi uchrashuvlarda stadiondagi muhit haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Klub ishqibozlariga nima degan bo'laridingiz?
Nafaqat eshitganman, balki ilgari bu stadionda o'zim ham o'ynab muhitni qandayligini sezganman. Ajoyib qo'llab-quvvatlash! Bu yerda har bir uy o'yini haqiqiy bayramga aylanib ketadi.
Hozirgacha qaysi o'yin yoki qaysi seyvingizni faoliyatingizdagi eng esda qolarlisi deb hisoblaysiz?
Siz sanab o'tgan jihatlar juda ham ko'p. Qaysi birini esga olishni ham bilaman. Ammo umid qilamanki, eng yaxshilari hali oldinda!
«Andijon» tarkibida mavsumning ikkinchi qismi uchun o'zingizga shaxsiy maqsad sifatida nimani qo'ymoqchisiz?
Maksimal darajada g'alaba qozonish va o'yinlarni quruq o'tkazishni istayman.
«Andijon» muxlislariga uchta so'z bilan ta'rif bera olsangiz qaysi xususiyatlarini sanab o'tgan bo'lardingiz?
Ishonchli, tajribali va umidli!
«Andijon»ning yangi himoyachisi Nodirxon Ne'matxonov jamoaga o'tishi, klubdagi sharoitlar va muxlislar haqida fikr bildirdi.
«Andijon» klubi yozgi transferlar vaqtida tarkibiga qo'shib olgan 25 yoshli himoyachi Nodirxon Ne'matxonov jamoaga moslashuv jarayoni va kelajakdagi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.
«Andijon»ga qo'shilganimdan juda xursandman. Murabbiylar shtabi tomonidan menga taklif bo'ldi. Eng zo'r variant, o'zimga ham «Andijon» juda yoqadi. Birinchi navbatda muxlislari. Bunday ishqibozlari bor jamoada o'ynash har qanday futbolchining orzusi deb o'ylayman. Chunki bunday atmosferada futbolchi maza qiladi. O'ylab o'tirmasdan bu taklifga rozi bo'ldim.
Ne'matxonov klubdagi infratuzilma va mashg'ulotlar darajasiga yuqori baho berdi:
«Andijon» haqida menda ma'lumot bor edi. Ammo bu yerga kelib futbol uchun hamma sharoit borligini ko'rib o'zim ham hayron qoldim. O'zbekistonda futbol shunchalik o'sayotganiga yana amin bo'lyapman. Bu yerdagi bazada hamma narsa futbol uchun. Mashg'ulotlar professional darajada. Tiklanish jarayonlari, trenajyor zali, basseyn – hamma narsa zo'r.
Himoyachi jamoa safidagi tajribali futbolchilardan o'rganishga tayyorligini ham ta'kidladi:
Bu yerda futbolchilarning saviyasi juda yuqori. O'yindan-o'yinga hamma ochilib boryapti. O'zini nimaga qodirligini ko'rsatyapti. Menga bulardan o'rganadigan narsam ko'p. Islom To'xtaxo'jaev, Nemanya Chalasan kabi futbolchilar ancha tajribali himoyachilar. Ulardan ko'p narsa o'rganyapman, menga yoqyapti.
Andijon klubi yozgi transfer oynasi doirasida Artyom Potapov, Nodirxon Ne'matxonov va Shohmalik Komilov bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Artyom Potapov, Nodirxon Ne'matxonov va Shohmalik Komilov Andijonning yangi futbolchilari!
Yozgi seleksiyada tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida transfer oynasi ochilganidan unumli foydalangan jamoamiz uch nafar futbolchilar bilan rasman kelishuvga erishdi. Bular – darvozabon Artyom Potapov, himoyachi Nodirxon Ne'matxonov va yarim himoyachi Shohmalik Komilov.
Artyom Potapov - 1994 yilning 28 iyun kuni Rossiyaning Orenburg shahrida tavallud topgan. Ampluasi darvozabon. Faoliyati davomida Rossiyaning Akron, Krasnodar 2, UFA 2, Mordoviya, Krilya Sovetov, SKA Xabarovsk, Xorvatiyaning Luko, Belarusning Torpedo Minks, Minsk, Qozog'istonning Qaysar, Armanistonning Alashkert va Ararat klublari sharafini himoya qilgan. U 2023 yilda yurtimizga kelgan va hozirga qadar Surxon bilan Xorazmda faoliyat olib borgan. Joriy mavsumning dastlabki qismida Artyom termizliklar safida 2 ta o'yin maydonga tushgan. Faoliyati davomida esa 231 ta o'yin o'tkazgan.
Nodirxon Ne'matxonov – 2001 yilning 14 iyun sanasida Toshkentda tavallud topgan. Ampluasi himoyachi. Paxtakor klubi tarbiyalanuvchisi. Bunga qadar u Paxtakor U21, OKMK U21, Sho'rtan, Neftchi va Surxon jamoalarida to'p tepgan. Ne'matxonov mavsumning dastlabki qismida termizliklar tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Faoliyati davomida 80 ta o'yinda ishtirok etgan.
Shohmalik Komilov – 2000 yilning 14 mart kuni Qashqadaryoda tavallud topgan. Ampluasi – yarim himoyachi. Shu kunga qadar Nasaf, Dinamo, Turon, Buxoro, Merani Martvili (Gruziya) va Navbahor klublarida faoliyat olib borgan. Joriy yilgi mavsumning dastlabki qismida namanganliklar safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol muallifi va 1 ta assist qayd etdi. Faoliyati mobaynida 134 ta o'yinda qatnashgan, 17 ta gol urgan.
Ishonamizki, ushbu futbolchilar jamoamizning yangi g'alabalariga munosib hissa qo'shgan holda muxlislarning ishonchni oqlaydi.
Jamoamizning ahil oilasiga xush kelibsizlar! 👍
Islom Ahmedov "Lokomotiv" bilan durangdan so'ng jamoadagi moliyaviy holat, FIFA taqiqlari va tarkibdagi muammolar haqida gapirdi.
"Lokomotiv" hamda "Andijon" (3:3) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoa ustozi Islom Ahmedov savollarga javob qaytardi.
G'alabaga teng durang bilan barcha andijonlik muxlislarni, viloyat hokimimizni tabriklaymiz. Yigitlarimizga oxirigacha kurashgani va xarakter ko'rsatishgani uchun katta rahmat. O'yinga keladigan bo'lsak, qiyin kechishini bilardik. Sababi, bizda biroz ruhiy tushkunlik bor edi. Boisi, o'z maydonimizda "Surxon" jamoasiga yutqazib qo'ygandik. Qolaversa, qator o'yinchilarimizda jarohatlar ham bor edi. Shuning uchun uchrashuvni og'ir kechishini bilardik. Lekin Xudoga shukr, ikkinchi bo'limda o'yin tizginini qo'limizga olib, durangga erishdik.
- Ruhiyat haqida gapirdingiz. Shu haqida batafsilroq bilmoqchi edim. Jamoada moliyaviy holat yaxshi deb eshitganman. Bundan tashqari, natijalar ham yomon emasdi. Ruhiy holat nimadan kelib chiqyapti?
Ruhiy holat faqat pul bilan bog'liq emas. Xudoga shukr, jamoamizda sharoit, mablag' tomonlama hech qanaqa muammo yo'q. Xorijga chiqib yig'in o'tkazib keldik. Baribir orada katta tanaffus bo'ldi. Shundan keyingi birinchi o'yinimizni uyimizda o'tkazdik. Baribir u yerda muxlislarni bosimi va yigitlarda xalqimiz oldida g'alabaga erishishimiz kerak, degan javobgarlik ularni bosib qo'ydi va o'sha o'yinda erkinroq harakat qila olishmadi. O'z-o'zidan uyimizda mag'lubiyatga uchraganimizdan keyin bu yerdagi uchrashuvda yana ruhiyat bilan ishlashimizga to'g'ri kelardi. Birinchi taymda ishonch biroz o'z ta'sirini bildirdi.
- O'tgan o'yindan keyin jamoa FIFA taqiqini hal qildi degandingiz. Xabarimizga ko'ra, hali ham bu muammo to'liq hal bo'lmagan ekan. Masalan, Artyom Odinsov bilan ham shunday muammo bor ekan...
Bu holat bo'yicha rahbariyatimiz bilan gaplashganmiz. Qarzdorliklarni hammasini yopib, bu haqida FIFAga jo'natildi. Aytishi bo'yicha, bank orqali o'tadi va aynan shu jarayonda qaerdadir uzilish bo'lib qolgan. Biroq FIFAga to'lov amalga oshirilgani to'g'risida xat yuborilgan. Xudo xohlasa, ertaga shu taqiq yechilib qolsa kerak. Biz ham kutyapmiz.
- Martin Boake qaydnomadan o'rin olmayapti. Uni ketishi mumkin deb ham eshitdik. Qolaversa, Ashorti ham bugun qaydnomada yo'q edi...
Ashortiga kelsak, oxirgi mashg'ulotimizda jarohat olib qoldi. Boake yozgi yig'inni biz bilan birga o'tkazdi. Kelganidan keyin biroz jarohat olib, uyiga ketdi va davolandi. Kuni kecha safimizga qo'shildi va uni ham keyingi uchrashuvlarga tayyorlab boramiz.
- "Andijon" qaysi jihatlarda yutdiyu va qaysi jihatlarda yutqazdi?
To'g'risi, o'yinni ko'rib, tahlil qilgach aytish osonroq edi. Ko'proq muvozanatda va qarshi hujumda o'tkazib yubordik. Shu tomonlama yutqazdik. Birinchi bo'limda hujumga o'tishda ozgina shoshildik. Ikkinchi taymda to'pni nazorat qildik, rejalashtirilganidek, Dragan Cheranni tanaffusdan so'ng maydonga tushirdik. Dragan orqali o'yinni tuzishni reja qildik va bu amalga oshdi. To'p nazorati bizga o'tgani foydamizga ishladi.
Surxon klubi darvozaboni Davron Merganovning sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Futbolchida miya chayqalishi aniqlangan.
Surxon klubi darvozaboni Davron Merganovning sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Superliga 12-turidan o‘rin olgan Andijonga qarshi uchrashuvning 5-daqiqasida bosh qismidan jarohat olgan darvozabon tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida unda miya chayqalishi aniqlangan.
Hozirda Davron Merganovning umumiy ahvoli barqaror va qoniqarli bo‘lib, u shifokorlar nazorati ostida davolanish hamda tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
“Surxon” darvozaboni Davron Merganovning sog‘lig‘i bo‘yicha klub rasmiy bayonot berdi. Futbolchida miya chayqalishi aniqlangan.
Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Surxon” uchrashuvining 5-daqiqasida jamoamiz darvozaboni Davron Merganov to‘p uchun kechgan havo yakkakurashi vaqtida bosh qismidan jarohat olib, tibbiy yordam ko‘rsatilgach maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Jamoamiz shifokori Baxtiyor Mirsagatov ma’lum qilishicha, uchrashuvdan so‘ng futbolchi shifokorlar tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Davron Merganovda bosh chayqalishi (miya chayqalishi) holati aniqlangan.
Ayni vaqtda futbolchining umumiy ahvoli barqaror va qoniqarli. U shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, zarur davolanish hamda tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Hozircha uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy xavotir uyg‘otadigan holat kuzatilmayapti.
Shu munosabat bilan barcha muxlislarimizdan turli taxmin va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni, faqat klubning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadigan axborotlarga tayanishni so‘raymiz.
Davron Merganovga yo‘llagan samimiy tilaklari, qo‘llab-quvvatlashi va befarq bo‘lmagan barcha muxlislarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, u shifokorlar tavsiyalariga amal qilgan holda tiklanish jarayonini muvaffaqiyatli yakunlab, tez orada jamoamiz safiga qaytadi.
«Surxon» bosh murabbiyi Anvar G'ofurov «Andijon»ga qarshi o'yin, tarkibdagi o'zgarishlar va Behruz Karimovning kelajagi haqida gapirdi.
«Andijon» - «Surxon» (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G'ofurov ishtirok etdi.
Oson o'yin bo'lmasligini bilgandik. Chunki murabbiylar o'zgarganidan keyin «Andijon»da o'sish bo'ldi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Bizni o'zimizga yarasha xos va mos o'yinimiz bor. Shuni taklif qilishga harakat qilgandik, balki o'yinni har epizodida o'xshamagan bo'lishi mumkin, lekin yaxshi taraflari ko'p bo'ldi, deb o'ylayman. Bu – futbol. Xatosiz hech narsa bo'lmaydi. Kimdir xato qiladi va kimdir bu vaziyatdan foydalanib ketadi.
- Jarohat olib maydonni erta tark etgan Davron Merganovni holati qanday?
Ozgina miya chayqalashi bor. Chuqurroq tahlil qilinganidan keyin bir narsa desa bo'ladi.
- Asosiy futbolchilar – Chinedu, Potapov, Ne'matxonov kabi futbolchilarni jamoani tark etishiga sabab nima bo'ldi?
Ular uchun men javob bera olmayman. Har bittasida o'z fikri bor va qandaydir o'z istaklari bo'yicha jamoadan ketishdi. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish, kimdir moliyaviy tarafdan, hammada har xil, ulardan so'rash kerak. Biz o'z ishimizni davom ettiramiz. Bizda yosh futbolchilarimiz bor. Nima bo'lishidan qat'iy nazar «Surxon» bo'ladi, futbolchi keladimi yo ketadimi, buni farqi yo'q. «Surxon» baribir faoliyatini davom ettiradi.
- Behruz Karimov qaydnomada ham yo'q edi.
Behruz Karimov jahon chempionatidan keyin bu yil uning uchun katta «nagruzka» bo'ldi. Qishda umuman dam olgani yo'q. O'zini yoshida terma jamoa bilan yig'inda bo'ldi. Keyin U20 termasiga chaqirishdi. So'ngra U23 termasiga va undan keyin milliy jamoaga jalb qilishdi. Shu bois u umuman dam olgani yo'q. Unga o'zini tiklab olish uchun dam berildi. Katta ehtimol bilan xorijga ketadi. Bizni ishimiz jamoadagi bor o'yinchilar bilan ishlash. Behruzga esa dam berilgan, men buni to'g'ri tushunaman. U ham odam, robot emas.
- Bir qator yosh futbolchilarni maydonga tushirdingiz. Ularning o'yinlaridan xulosangiz qanday?
Albatta, rejalar bor edi. Birinchi bo'limda darvozabonimiz jarohat olganidan keyin rejalarga biroz o'zgarishlar kiritildi. Yoshlar tushishdi, xursand bo'lish kerak. Kimdadir debyut. Imkoniyatlar bormi, demak, u to'g'ri harakat qilyapti. Baribir baho berishga hali erta. Bugungi o'yin uchun hammasi joyida, butun jamoa yaxshi harakat qildi.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.