Superliga 25-turidan o'rin olgan Buxoro va Surxon jamoalari o'rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi. Kirill Todorov qizil kartochka oldi.
Superliga 25-turidan o'rin olgan Buxoro va Surxon jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda hisob ochilmadi va tomonlar bir ochkodan bo'lishib olishdi.
Uchrashuvning 51-daqiqasida Buxoro futbolchisi Kirill Todorov qizil kartochka olib, maydonni muddatidan avval tark etdi.
Superliga 21-turidan o'rin olgan "Neftchi" va "Surxon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda farg'onaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Superliga 21-turidan o'rin olgan "Neftchi" va "Surxon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Istiqlol stadionida bo'lib o'tgan bahsda farg'onaliklar 2:1 hisobida g'alabani tantana qilishdi.
O'zbekiston kubogi 1/8 finalida Surxon Guliston jamoasiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.
O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasidagi bahs yakunlandi. Unda Surxon jamoasi Guliston klubiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv 0:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol muallifi 52-daqiqada Umrzoqov bo'ldi. Shu tariqa, Surxon jamoasining kubokdagi ishtiroki ushbu bosqichda o'z nihoyasiga yetdi.
Superliga 22-turida "Bunyodkor" "Buxoro"ni mag'lub etdi. Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida jamoasining o'yini va mag'lubiyat sabablari haqida gapirdi.
Superliga 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Uchrashuvda Shahzodjon Ne’matjonov (8-daqiqada 1:0), Temur Mamasidiqov (34-daqiqada 1:1) va Abdulhamid Ikromov (45+1-daqiqada 2:1) gol mualliflari bo'lishdi.
Raqib jamoani tabriklaymiz. Ularning so'nggi o'yinlarda borgan sari yaxshilanib borayotgani ko'rinib turgandi, murabbiy kelishi bilan, hissiyotlar... Yosh yigitlar harakat qilishyapti, bor kuchlarini berishyapti, futbol o'ynashni xohlashyapti va bu o'z natijasini beryapti. Biz haqimizda esa nimayam derdim... Agar siz hali g'alaba qozonmagan bo'lsangiz, unda biz siz bilan o'naymiz. Yordam beramiz va g'alaba qozonasiz.
Birinchi bo'limdagi daxshatli o'yin, umuman tushunarsiz o'yin bo'ldi. 45-daqiqadagi ahmoqona gol, bunday gollar bizda allaqachon odatga aylanib qolgan. Birinchi 10 daqiqada albatta gol o'tkazib yuborishimiz kerak o'zi. Odatda o'zimizga o'zimiz urardik, bugun raqib urdi. Shuning uchun ofarin "Bunyodkor". Yigitlar harakat qilishdi, ular bizni haqli ravishda mag'lub etishdi deb hisoblayman, - deya gap boshladi Aleksandr Xomyakov.
Murabbiy o'yin davomida darvozabonning ishi va jamoaning psixologik holati haqida ham to'xtalib o'tdi:
Darvozabon uzoq vaqt o'ynamagani, o'yin amaliyotisiz qolgani ko'rinib turgandi. Epizodlarda uning asabiylashayotgani ham sezildi. Shuning uchun ha, u yaxshiroq o'ynashi mumkin edi. Lekin umuman olganda, uni ayblashdan foyda yo'q, butun jamoa rasvo o'ynadi. Yana bir bor aytaman, ayniqsa birinchi bo'limda. Sabablari tushunarli. Hamma mutaxassislar bizning jamoalarga tayyorgarlik ko'rayotganda sabab nima ekanini ko'rishadi. Biz o'zimizni futbolchi hisoblay boshladik, futbol o'ynay olamiz deb o'ylab qoldik. Muammo mana shunda. Biz jang qilishni to'xtatdik, yakkakurashlarda yutishni to'xtatdik.
Xomyakov jamoaning yetakchilari o'yini va himoyadagi muammolarga ham urg'u berdi:
Ular yosh bolalar, garchi biz bu haqda ogohlantirgan bo'lsak ham. Agar biz ularga o'yin ritmini his qilishlariga va o'yinlari qovushayotganini sezishlariga yo'l qo'yib bersak - ular shunday o'ynashda davom etishadi. Afsuski, ularga shunday o'ynashga o'zimiz yo'l qo'yib berdik. Biz barcha kurashlarni yutqazdik. Bizda markaziy yarim himoyachilar yo'q edi, jamoaga olov beradigan, shu orqali jamoa o'ynab, ochko yig'adigan yigitlar yo'q edi. Himoyadagi qatiy o'yin - biz har o'yinda gol o'tkazyapmiz.