Ivan Boshkovich “Bunyodkor” bosh murabbiyi etib tayinlandi
Chernogoriyalik mutaxassis Ivan Boshkovich “Bunyodkor” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Ivan Boshkovich - “Bunyodkor” bosh murabbiyi!
Murabbiylik faoliyatini jamoamizda boshlagan chernogoriyalik mutaxassis yana Toshkentga qaytdi. “Qaldirg‘ochlarimiz” mavsumning ikkinchi qismini Ivan Boshkovich qo‘l ostida o‘tkazadi.
Murabbiy eski va yangi shogirdlari bilan Superliganing 20-turidan o‘rin “Bunyodkor” - “Surxon” uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yubordi.