O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikni boshladi
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik doirasida yig'in boshladi va Xitoy bilan nazorat o'yini o'tkazadi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1-sentyabrdan Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi. Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz yig'in oldidan 10-sentyabr kuni safarda Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushadi.
Ravshan Haydarov tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing.
Osiyo o'yinlari-2026
15-sentyabr
O'zbekiston — Filippin
18-sentyabr
Kuvayt — O'zbekiston
22-sentyabr
O'zbekiston — Vyetnam