O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga «Nasaf»dan 5 nafar futbolchi chaqirildi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yig‘iniga «Nasaf» klubidan 5 nafar futbolchi jalb etildi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga 5 nafar «Nasaf» futbolchisi jalb qilindi!
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1-sentyabrdan Milliy futbol markazida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshladi. Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlarimiz 10-sentyabr kuni safarda Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi yig‘inga jamoamiz a’zolari:
Samandar Muratbayev
Diyorbek Abdunazarov
Dilshod Murtazayev
Sardorbek Bahromov
Quvonchbek Xushvaqtov
jalb etildi. Futbolchilarimizga terma jamoa safida omad tilaymiz!
Osiyo o‘yinlari — 2026
15-sentyabr
O‘zbekiston — Filippin
18-sentyabr
Kuvayt — O‘zbekiston
22-sentyabr
O‘zbekiston — Vyetnam