Nasafning uch nafar futbolchisi O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi
Nasaf jamoasining uch nafar futbolchisi Abduvohid Ne’matov, Dilshod Murtazayev va Samandar Muratbayev O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi.
Uch nafar futbolchimiz milliy terma jamoaga chaqirildi!
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini e’lon qildi.
Mazkur yig'in doirasida milliy terma jamoamiz Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Quvonarlisi, ushbu yig'inga “Nasaf” jamoasining uch nafar futbolchisi — Abduvohid Ne’matov, Dilshod Murtazayev va Samandar Muratbayev ham taklif etildi.
Futbolchilarimizga milliy terma jamoa safidagi uchrashuvlarda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!