Kilian Mbappe «Onze Mondial» nashri tomonidan topshiriladigan «Onze d'Or» — «2025/26-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi» sovrinini qo'lga kiritdi.
Kilian Mbappe: «O'yiningiz e'tirof etilishini ko'rish yoqimli. Bu sovrin butun mavsum davomida qilgan mehnatimning e'tirofi. U menga yanada ko'proq motivatsiya beradi va o'z ustimda ishlashda davom etishga undaydi.
Men doimo o'yinimni qanday yaxshilashim mumkinligi, nimalar yaxshi chiqayotgani va yana nimalar ustida ishlashim kerakligi haqida o'ylayman. Masalan, o'yinni, uchrashuvlar va mavsumlarning hal qiluvchi pallalarini yaxshiroq tushunishni istayman. Ijodkorlik va instinktlarimni yo'qotmagan holda harakatlarimni yanada yaxshiroq nazorat qilishni xohlayman.
Faoliyatimmi? Unga 10 balldan 10 baho bergan bo'lardim. 10-11 yil ichida zerikarli bo'lgan birorta yil bo'lmagan. Men hech qachon sodir bo'layotgan voqealarni oddiy hol deb qabul qilmaganman va har bir lahzani to'liq yashaganman».
Ma'lumot uchun, hujumchi o'tgan mavsumda «Madrid» safida 44 ta o'yinda 42 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi, Fransiya terma jamoasi safida esa 8 ta o'yinda 11 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Bundan tashqari, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Mbappe milliy chempionat [La Liga], UEFA Chempionlar ligasi va Jahon chempionatida bir vaqtning o'zida to'purarlar poygasida g'olib chiqqan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!