Behruz O‘ktamov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi
Surxon futbolchisi Behruz O‘ktamov O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig‘iniga jalb etildi.
Jamoamizning iste’dodli yosh futbolchisi Behruz O‘ktamov O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etildi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamiz yig‘in doirasida Eron, Suriya va Koreya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Behruz O‘ktamov milliy jamoamizning ushbu yig‘in uchun e’lon qilingan kengaytirilgan tarkibidan joy oldi.
Behruzga milliy terma jamoamiz safida omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!