Behruz O‘ktamov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga jalb etildi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Quvonarlisi, ushbu yig‘inga jamoamizning yosh va iqtidorli futbolchisi Behruz O‘ktamov ham jalb etildi. Futbolchimizning milliy terma jamoa safiga chaqirilishi klubimiz uchun quvonarli voqea hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12-noyabr kuni Toshkent shahrida Rossiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 17-noyabr kuni esa Qatar davlatida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!