Uch nafar futbolchimiz O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yig‘iniga jalb etildi!
FIFA kunlari doirasida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 9–17-noyabr kunlari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Mazkur yig‘in doirasida yoshlar terma jamoamiz Venesuela U-20 terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Quvonarlisi, ushbu yig‘inga «Surxon» futbol klubining uch nafar yosh va iqtidorli futbolchisi — Tohir Ashurboyev, Muhammadali Musaxanov va Kamron Yusupov ham jalb etildi.
Futbolchilarimizning mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi safiga chaqirilishi klubimiz uchun quvonarli voqea bo‘lib, ularning kelgusi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Omad, yigitlar!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!