#Janluiji Buffon — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Paolo Maldini: Jorjio Kellinini o'ldirib qo'ymoqchi bo'lganman

Paolo Maldini: Jorjio Kellinini o'ldirib qo'ymoqchi bo'lganman

Paolo Maldini Jorjio Kellini bilan bog'liq eski voqeani esladi. Afsonaviy himoyachi nima uchun raqibini urmoqchi bo'lganini aytib berdi.

😳 Maldini nima uchun bir safar Kellinini «o'ldirib qo'ymoqchi» bo'lgani haqida gapirib berdi.

U meni tirsagi bilan urdi va burnimni sindirdi. Men burun bo'yicha uch marta operatsiya o'tkazganman va to'rtinchisini xohlamasdim. Shu sababli juda jahlim chiqqandi.

🤯 Shundan so'ng Maldinining oldiga Janluiji Buffon kelgan.

Paolo bunday holatlar rasmiy o'yinlarda emas, aynan mashg'ulotlarda ko'proq sodir bo'lishini tan oldi:

Hatto ko'p yillar davomida birga o'ynagan jamoadoshlaring bilan ham o'zingni yo'qotib qo'yishing mumkin.

O'ng ustun yangiliklari

Janluiji Buffon Krishtianu Ronalduning afsonaviy goli haqida

Janluiji Buffon Krishtianu Ronalduning afsonaviy goli haqida

Janluiji Buffon Krishtianu Ronalduning Chempionlar ligasidagi afsonaviy goli va ular o'rtasidagi suhbat haqida so'zlab berdi.

🎙 Janluiji Buffon Krishtianu Ronalduning Chempionlar ligasidagi afsonaviy goli haqida fikr bildirdi:

U buni amalga oshira olishini sira o'ylamagandim. Zarbaning murakkabligi 100 dan 100 edi. Bunday ishni faqat buyuk sportchi qila oladi.

To'p darvozaga kirganida, g'azablanmadim, aksincha, unga qarsak chalishdan o'zga choram qolmadi.

Krishtianuning oldiga borib: "Yoshing nechida?" deb so'radim. U o'ziga xos ishonch bilan: "34 yoshdaman. Yomon emas, shunday emasmi?" deb javob berdi.