Azizbek To‘lqinbekov milliy terma jamoa yig‘iniga chaqirildi
Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi Azizbek To‘lqinbekov milliy terma jamoaning noyabr oyidagi yig‘iniga jalb etildi.
Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi, asosiy jamoamizning eng yosh sardorlaridan biri, iqtidorli futbolchi Azizbek To‘lqinbekov milliy terma jamoamizning noyabr oyidagi yig‘inida ishtirok etadi.
Bosh murabbiy Fabio Kannavaro FIFA kunlari munosabati bilan o‘tkaziladigan yig‘inga To‘lqinbekovni ham taklif qildi. Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz yig‘in doirasida 12-noyabr kuni Rossiya, 17-noyabr sanasida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.