Fabio Kannavaro "Bunyodkor" futbolchilarini terma jamoaga chaqirdi
FC BUNYODKOR ↗ ●●●●● Umumiy 👁 3

Fabio Kannavaro "Bunyodkor" futbolchilarini terma jamoaga chaqirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-sentyabr kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro jamoamizning ikki nafar a’zosi - Muhammad Hakimov hamda Azizbek To‘lqinbekovni ham mazkur yig‘inga jalb qildi. Terma jamoamiz yig‘in doirasida Eron, Suriya hamda Koreya Respublikasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan termamiz va “qaldirg‘ochlarimiz”ga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!