NEFTCHI OILASIGA XUSH KELIBSIZ!
Bugun kechki mashg‘ulotlar boshlanishidan avval jamoamizda ajoyib va samimiy muhit hukm surdi. Klubimizning yangi a’zolari — braziliyalik himoyachi Mishel Augusto hamda ispaniyalik tahlilchi mutaxassis Xavyer Lopes Blanko va ispaniyalik reabilitolog (jarohatlardan tiklanish bo‘yicha mutaxassis) Xose Manuel Gonsales futbolchilar tomonidan an’anaviy "jonli koridor" orqali ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.
Yangi mutaxassis va futbolchimizga "Neftchi"ning zafarli odimlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!