Navbahor hujumchisi Joel Kojo Qirg'iziston terma jamoasi safida Xitoy Taypeyi darvozasini ishg'ol qildi. O'yin 3:0 hisobida yakunlandi.
Navbahor hujumchisi Joel Kojo Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasi tarkibida Xitoy Taypeyi termasi darvozasini ishgʻol qildi. Bellashuv qoʻshnilarimizning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakun topdi.
Navbahor bosh murabbiyi Timur Kapadze Mash'al ustidan qozonilgan g'alaba va jamoaning ikkinchi davradagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Muxlislarni tabriklayman. Mash'alning hozirgi kundagi holati yaxshi emas, afsuski. O'yinda kerakli vaziyatlardan foydalanib g'alaba qozondik. Oldinda yana bir muhim o'yin bor. Mash'alga keyingi o'yinlarda omad", - deya gap boshladi Timur Kapadze.
- Bir yo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdingiz. Ushbu o'zgarishlar o'yinga qanchalik ta'sir qildi deb o'ylaysiz?
- Maydonga tushgan futbolchi gol urdi-ku. Demak, o'zgarish ish berdi. Har bir futbolchimiz asosiy tarkibda o'ynashga munosib. Asosiysi jamoa g'alabasi, kim qancha o'ynashida emas.
- Joel Kojo qaydnomaga kiritilmadi?
- U shamollab qoldi.
- Navbahor ikkinchi davrada "Robin Gud" bo'lishni to'xtatdi degan fikrga qo'shilasizmi?
- Bunday fikrni birinchi marta sizdan eshityapman. Biz har bir o'yinga g'alabani maqsad qilib tushamiz. Hech qaysi bir o'yin oson emas. Har bir o'yinda maksimal ochko to'plashga harakat qilyapmiz. Mavsum yakunidan so'ng bizni "Robin Gud"mi yoki boshqa nom berasiz.
Superliga 28-turida Navbahor o'z maydonida Neftchini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Gollarga boy o'tgan bahs tafsilotlari bilan tanishing.
Superliga 2026-yilgi mavsumining 28-turidan o'rin olgan bahsda Navbahor va Neftchi jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuv 3:1 hisobida Navbahor foydasiga yakunlandi.
O'yin davomida hisob 26-daqiqada Alisher Odilov tomonidan ochildi (0:1). Keyinchalik Navbahor futbolchilari o'yin tizginini o'z qo'llariga olishdi: 42-daqiqada Jasurbek Jaloliddinov muvozanatni tikladi (1:1), 53-daqiqada Joel Kojo jamoasini oldinga olib chiqdi (2:1), 55-daqiqada esa Diyor Xolmatov yakuniy hisobni o'rnatdi (3:1).