«Neftchi» yarim himoyachisi Alisher Odilov yuzaga kelgan holat yuzasidan jamoa muxlislari, bosh murabbiy va jamoadoshlaridan uzr so'radi.
Alisher Odilovdan murojaat!
«Neftchi» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Alisher Odilov yuzaga kelgan holat yuzasidan jamoamiz muxlislari, bosh murabbiy va murabbiylar shtabidan hamda jamoadoshlariga murojaat yo‘llab, o‘z xatti-harakatlari uchun uzr so‘radi.
Futbolchi o‘z murojaatida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan munosabat bildirib, muxlislar ishonchi va jamoa sha’nining qadriga yetishini ta’kidladi.
Superliga 28-turida Navbahor o'z maydonida Neftchini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Gollarga boy o'tgan bahs tafsilotlari bilan tanishing.
Superliga 2026-yilgi mavsumining 28-turidan o'rin olgan bahsda Navbahor va Neftchi jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuv 3:1 hisobida Navbahor foydasiga yakunlandi.
O'yin davomida hisob 26-daqiqada Alisher Odilov tomonidan ochildi (0:1). Keyinchalik Navbahor futbolchilari o'yin tizginini o'z qo'llariga olishdi: 42-daqiqada Jasurbek Jaloliddinov muvozanatni tikladi (1:1), 53-daqiqada Joel Kojo jamoasini oldinga olib chiqdi (2:1), 55-daqiqada esa Diyor Xolmatov yakuniy hisobni o'rnatdi (3:1).
AFC Champions League Elite doirasida "Neftchi" safarda "Al-Nassr"ga imkoniyatni boy berdi. Bu farg'onaliklar uchun xalqaro maydondagi 60-yubiley o'yin bo'ldi.
AFC Champions League Elite 2-turidan o'rin olgan "Al-Nassr"ga qarshi safar uchrashuvi vakillarimiz uchun xalqaro maydondagi 60-yubiley bahs bo'ldi. Afsuski, Ar-Riyodda kechgan bahs 3:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan yakunlandi.
Uchrashuv har ikkala jamoaning faolligi bilan boshlandi, biroq tashabbusni mezbonlar asta-sekinlik bilan o'z qo'llariga olishdi. 34-daqiqada jarima maydonchamiz ichida bo'sh qolgan Anjelo hisobni ochdi. 42-daqiqada esa tajribali Ronaldu kuchli zarba bilan darvozamizga ikkinchi to'pni kiritdi. Bo'lim yakunida Markus Forssning goli ofsayd sababli bekor qilindi.
Ikkinchi bo'lim jamoamizning keskin hujumlari bilan boshlandi va 51-daqiqada Alisher Odilov hisobni qisqartirdi. Biroq 65-daqiqada Ikrom Aliboyev qizil kartochka olib, maydonni tark etgach, vaziyat murakkablashdi. Bir kishi kam bo'lib qolgan jamoamiz 78-daqiqada uchinchi golni o'tkazib yubordi: Anvarjon G'ofurovning xatosi sababli to'p o'z darvozamizdan joy oldi.
"Neftchi"ning xalqaro musobaqalardagi 60 ta uchrashuvi besh xil turnir doirasida o'tkazilgan. Ularning 16 tasi AFC kubogi, 2 tasi Osiyo kubok egalari kubogi, 17 tasi Osiyo klublar chempionati, 23 tasi Osiyo Chempionlar Ligasi va 2 tasi Osiyo Chempionlar Ligasi Elitasi hissasiga to'g'ri keladi.
Klubimizning xalqaro maydondagi mazkur uchrashuvlari ikki murabbiy boshchiligida o'tkazilgan. Shundan 58 ta bahs Yuriy Sarkisyan, 2 ta uchrashuv esa Islombek Ismoilov qo'l ostida o'tkazilgan.