Qizilqum 0:1 Navbahor: Navoiydan muhim g'alaba
FC NAVBAHOR ↗ ●●●●● Natijalar 👁 20

Qizilqum 0:1 Navbahor: Navoiydan muhim g'alaba

O'zbekiston Superligasining 27-turidan o'rin olgan bahsni jamoamiz Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o'tkazdi. Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlanib, 39-daqiqada Timur Kapadze shogirdlarining hujumi samara berdi. Muhammadali G'iyosovning chap qanotdan oshirgan uzatmasidan so'ng, Diyor Xolmatov 20 metrlar chamasi uzoqlikdan kuchli va aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi.

45+1-daqiqada Asadbek Rahmonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. Natijada vakillarimiz tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik bilan yo'l olishdi.

Uchrashuvning 2-bo'limi ancha qiziqarli va hujumkor tarzda kechdi. Mezbonlar muvozanatni tiklash, vakillarimiz esa hisobdagi farqni yanada oshirishga intilishdi. Murabbiylar tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi, biroq yakuniy zarbalarga aniqlik yetishmadi. Natijada yagona gol ushbu uchrashuv taqdirini hal qildi hamda “lochinlar” Navoiydan g'alaba bilan qaytadigan bo'lishdi.

Mazkur yutuqdan so'ng, jamoamiz ochkolarini 55 taga yetkazgan holda, turnir jadvalidagi 3-o'rinni mustahkamlab oldi.

Uchrashuv tafsilotlari:

Superliga. 27-tur. 7 noyabr. Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 5443 tomoshabin.

Hakamlar: Olim To'ychiboyev, Dilshodbek Jumaniyozov, Quvondiq Doschanov, Shohinur Boymatov.

VAR hakami: Nayim Qosimov. AVAR hakami: Shohruh Maqsudov.

Nazoratchi: Konstantin Smirnov. Komissar: Feruzbek G'aniyev.

Gol: Diyor Xolmatov (39).

“Qizilqum”: Farhod Rahmatov, Ilhomjon Vahobov, Fayzullobek Jumanko'ziyev, Shahzodbek Rahmatullayev, Shahzod Turopov, Nikola Kumburovich, Samandar Shukurillayev (S), Nodirxon Ne'matxonov, G'iyosjon Rizaqulov, Duglas Maykon, Otabek Jo'raqo'ziyev.

“Navbahor”: O'tkir Yusupov (S), Islombek Mamatkazin, Dilshodjon Komilov, Ruslanbek Jiyanov, Diyor Xolmatov, Husayn Norchayev, Muhammadali G'iyosov, Asadbek Rahmonov, Jasurbek Jaloliddinov, Giorgi Jgerenaya, Muhammadqodir Hamraliyev.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!