Tojiyev: G'uzordagi g'alaba oson bo'lmadi
FC PAKHTAKOR ↗ ●●●●● Matbuot 👁 17

Tojiyev: G'uzordagi g'alaba oson bo'lmadi

G'uzordagi uchrashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.

Tojiyev: - O'yin oson bo'lmasligini bilardik. Birinchi bo'limda sustroq harakat qildik, qizil kartochka ham rejalarimizni buzib yubordi. Ikkinchi bo'limda yigitlar xarakter va darajalarini ko'rsatishdi. O'yinimiz yoqdi deya olmayman, ammo oxirigacha kurashganimiz ma'qul keldi. Hozir har bir o'yin muhim. Bahs boshidan 10 futbolchi bilan qolib, zafar quchish oson emas. Qolaversa, biz juda tig'iz taqvimda o'ynayapmiz. Safardan qaytib kelib, yana bu yerga yetib keldik. Bunday holatda o'ynash qiyinlashadi. "Al Ahli" bilan bellashuvdan keyinoq shu o'yinga hozirlikka kirishdik.

Bozorov jarohatdan endigina tiklandi. U keyingi o'yinlarda maydonga tushadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!