Tojiyev: Chempionlik uchun kurashishni to'xtatmaymiz
Andijon bilan o'yindan so'ng jamoa ustozi Tojiyev chempionlik poygasi va Aymanning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Andijon"ga qarshi bahsdan keyin jamoamiz ustozi matbuot anjumanida qatnashdi.
Tojiyev: - Bugun bellashuv boshidanoq juda yaxshi o'yin namoyish qilib, to'liq ustunlikka erishdik. Avvalgi uchrashuvlarda bizga vaziyatlardan foydalanish yetishmagandi. Ushbu bahsda yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantira oldik. Doim kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz. Futbolchilarga doimgidek borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. Chempionlik uchun imkonimiz bor ekan, kurashishni to'xtatmaymiz.
Ayman jamoaga kirishib ketishga intilmoqda. Gol urishga intildi. Ikkinchi bo'limda raqib darvozabonining qizil kartochka olishiga aynan u sababchi bo'ldi.