Namangandagi bellashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
Tojiyev: - Qiziqarli o'yin bo'ldi va og'ir bahs bo'lishini kutgandik. Mavsum davomida hakamlar haqida gapirmadim, ammo bugun ularning ikki qarori haqida aytishim lozim. Bizning darvozaga qo'yilgan penalti va raqib jarima maydonida oxirgi daqiqalarda Flamarion bilan bog'liq holat. "Paxtakor" zarariga hakamlar istagancha noto'g'ri qarorlar chiqarishmoqda. Bugun yutishimizga berishmadi. Hakam Nasrullayevga raqib yonida xavfli yugurding deb qarorini izohlabdi. Nima deyishgayam hayronman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!