27-turdagi bellashuvdan keyin Kamoliddin Tojiev bahs xususida fikrlarini bildirdi.
O'yinni juda yaxshi boshlab, tezkor 2 gol urdik. Keyin xotirjamlikka berilib, ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Ba'zi holatlarda zarba berish o'rniga to'pni oshirib yurdik. Ikkinchi bo'limda raqib to'p kiritgach, hushyorlikni qaytardik. Uchrashuv oxirigacha kurashni davom ettirdik. Ba'zan gol o'tkazgandan keyin shoshish kuzatiladi.
Yoshlarga imkoniyat berish bizda doim bo'lgan. Karimov, Dilshodbekov, Saydaliev, To'laganov va Mirqobilov bu mavsum asosiy tarkibda o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!