Muhammadrasul Abdumajidov matbuot anjumanida Ronaldu va jamoaning jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
Muhammadrasul Abdumajidovning matbuot anjumanidagi fikrlari
Tabiiyki, futbolchi har doim mashg'ulotlardan ko'ra rasmiy o'yinlarda qatnashishni afzal ko'radi. Lekin doimiy parvozlar va og'ir safarlar jismoniy jihatdan kuchli ta'sir qiladi. Xohish qanchalik yuqori bo'lmasin, organizm baribir charchaydi. Bizda Yevropadagi kabi yuqori tiklanish sharoitlari to'liq yo'lga qo'yilmaganini bilasiz. Shunga qaramay, shifokorlar va murabbiylar yordamida tezroq tiklanib, har bir uchrashuvga tayyor bo'lishga harakat qilyapmiz.
Ronaldu — dunyo futbolida juda katta shaxs va buyuk ijrochi. Unga qarshi qandaydir maxsus taktika tuzilmagan bo'lsa-da, ruhiy jihatdan tayyorlanish kerakligini bilardik. Uning maydonda bo'lishi himoyachilarga ikki karra katta bosim yuklaydi. U kelmagani bois bu bosim biroz yengillashdi, lekin raqibning boshqa futbolchilari ham kuchli bo'lgani sababli o'yin biz uchun oson kechmaydi
Jurnalist B. Fernandes Vinisiusga qaratilgan hushtakbozliklar futbolchini yanada kuchliroq bo'lishga undashi kerakligini ta'kidladi.
📰 B. Fernandes (jurnalist):
Vinisiusning "Roma"ga qarshi o'yindan keyingi intervyusi? Vini, "Bernabeu"dagi muxlislar seni hushtakbozlik bilan kutib olishmoqda, chunki ular sendan ko'proq narsani kutishadi. Ishonchim komilki, senga qaratilgan hushtaklar, agar buni motivatsiyaga aylantira olsang, senga yordam berishi mumkin.
Ronalduga qara: "Madrid" muxlislari uni ham hushtakbozlik bilan kutib olishgan, keyin esa u 4 tadan gol urgan. Yaxshi va buyuk futbolchilar o'rtasidagi farq aynan shunda.
«Real Madrid»ning yangi vingeri Yan Diomande transfer narxi, Joze Mourinyu bilan ishlash va kumiri Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
Yan Diomande: «Men bosimni his qilmayapman, garchi «Madrid» menga katta mablag' sarflagan bo'lsa ham»
«Qirollik klubi» vingerining intervyusi
«Real Madrid» men bilan bog'langanda, bunga ishona olmadim. Hatto uxlolmadim. «Real Madrid» — dunyoning eng katta klubi. «Real Madrid»ga o'tganimdan juda faxrlanaman va baxtliman. Agar kimdir 14 oy oldin menga «Madrid»ga o'tasan desa, ishongan bo'larmidim? Albatta.
Garchi transferim «Madrid»ga katta mablag'ga tushgan bo'lsa ham, men bosimni his qilmayapman. Nega qo'rqishim kerak?! Agar klub menga ko'p pul sarflagan bo'lsa, demak, «Madrid» menga ishonadi. Qo'limdan kelganini qilaman. Men hech narsadan qo'rqmayman.
«Madrid» muxlislariga murojaatim? Uyalyapman (kuladi). «Madrid» uchun bor kuchimni beraman, chunki klub meni sotib olish uchun katta mablag' sarfladi.
Mourinyu qo'l ostida o'ynaganingizda, u uchun o'lishga tayyor bo'lasiz. Shuning uchun men Joze uchun haqiqatdan ham o'lishga tayyorman. Bir necha kun oldin Drogba bilan gaplashdim. U menga shunday dedi: «Ehtiyot bo'l. Mourinyu — mening otamdek. U yaxshi inson, lekin senga ko'p ishlashga to'g'ri keladi».
Mourinyu bilan birinchi marta gaplashganimda hayron qoldim, chunki u fransuz tilida gaplashdi. O'ylashimcha, u o'sha paytda Portugaliyada bo'lgani uchun men bilan gaplashish maqsadida tonggi soat beshlarda uyg'ongan. O'shanda Joze uchun muhimligimni tushundim. «Madrid» siz bilan bog'lansa, «yo'q» deya olmaysiz.
Mourinyu juda kuchli xarakterga ega va bu biz [futbolchilar] uchun yaxshi, chunki ba'zida yosh futbolchilar xafa bo'lib, diqqatini yo'qotib qo'yishadi. O'ylashimcha, Joze — rivojlanishda davom etishim uchun munosib murabbiy.
Professional futboldagi debyut o'yinimdan [o'sha o'yin «Madrid»ga qarshi bo'lgan] nimani eslayman? Mbappe bilan futbolka almashganimizni (kuladi). Endi esa u bilan bir jamoada o'ynayapmiz va kiyinish xonasida birga kulamiz. Bu aqldan ozish!
Ronaldu — mening kumirim. Mashg'ulotga ketayotganimda uning suratlariga qarayman va ular hamma narsani aytib turadi: Krishtianuning yurishi, uning aurasi... Kumirim o'ynagan klubda to'p surayotganimdan faxrlanaman.
JCH-2026 oldidan kichik singlimga [15 yoshida vafot etgan] yozgan xatim? U meni hech qachon taslim bo'lmaslikka undagan. Ilgari ko'p narsalar haqida gaplashganmiz. Men hissiyotga beriladigan inson emasman, lekin bu o'z hikoyamni dunyo bilan bo'lishish uchun yaxshi lahza edi.
U meni hech qachon taslim bo'lmaslikka, tinimsiz ishlashda davom etishga va orzularimni ro'yobga chiqarishga undaydi. Agar barchasiga erishsam, u baxtli bo'ladi.
Manchester Yunayted sobiq ustozi Erik ten Xag Ronaldu haqida fikr bildirdi va Real Madridning futbolchilar bilan xayrlashish siyosatini yuqori baholadi.
Erik ten Xag (Manchester Yunayted sobiq ustozi): «Har bir top-jamoa o'z yulduziga moslashishi kerak, ammo yulduz ham jamoa uchun ishlashi shart.
Va aynan shu narsa Ronaldu bilan bog'liq muammo edi. Manchester Yunayted o'yinchilari uning uchun ishlashni xohlashardi. Ular unga qoyil qolishardi. Meni noto'g'ri tushunmang: Ronaldu, shubhasiz, ajoyib futbolchi, tarixning eng buyuklaridan biri.
Ammo haqiqat shundaki, oxirgi yetti-sakkiz yil ichida u shunchaki bunga qodir emas. Yuventusga ketganidan so'ng, Ronaldu tugadi.
Aytgancha, bu Madridning asosiy fazilatlaridan biri: klub futbolchilar bilan aynan kerakli vaqtda xayrlashishni biladi.
Madridda o'yinchi pasayishni boshlaganini tushunishadi va uni keng jamoatchilikka hali cho'qqida turgandek tuyulgan paytda qo'yib yuborishadi. Aslida esa u endi avvalgi darajasini katta qiyinchiliklarsiz ushlab turishga qodir emas.
Shubhasiz, Ronaldu ajoyib o'yinchi bo'lgan. U Madrid bilan to'rt yoki besh marta UEFA Chempionlar ligasini yutgan, Manchester Yunayted safida juda ko'p gollar urgan... U futbolga juda ko'p narsa berdi. Biz barchamiz uning o'yinini tomosha qilib zavq olganmiz. Men ham shular qatorida.
Ammo hech kim klub yoki terma jamoadan ustun tura olmaydi. Hatto Ronaldu ham. Hatto Messi ham. Jamoa doimo birinchi o'rinda. Har bir top-jamoa o'z yulduziga moslashishi kerak, ammo yulduz ham jamoa uchun ishlashi shart. Agar yulduz buni to'xtatsa, hech narsa chiqmaydi. Bu shunchaki ishlamaydi».
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, RedBird fondi «Al-Nassr»ning 70 foiz aksiyalarini sotib olishi, Ronaldu esa klub aksiyadoriga aylanishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, «Milan» nazorat paketiga egalik qiluvchi RedBird fondi «Al-Nassr»ning 70 foiz aksiyalarini taxminan 267 million dollarga sotib olishni ko'rib chiqmoqda.
Saudiya klubi, nashr ma'lumotlariga ko'ra, jiddiy qarzlarga duch kelgan: qariyb 800 million rial yoki 213 million dollar. 75 foiz aksiyalarga egalik qiluvchi PIF suveren fondi moliyaviy muammolarni hal qilishga qodir investorlarni izlamoqda.
Ammo yana bir qiziqarli jihat bor: Krishtianu Ronaldu klub aksiyalarining 20 foizigacha bo'lgan qismini sotib olishi mumkin.
Agar bitim amalga oshsa, Kardinale va Ronaldu nafaqat futbol olamida hamkorlar, balki «Al-Nassr»ning potensial hammuassislari ham bo'lishadi.
Rio Ferdinand Martinezning klub ierarxiyasini ommaviy tanqid qilishi yaxshilikka olib kelmasligini ta'kidladi.
Rio Ferdinand Martinezning vaziyati haqida fikr bildirdi:
Bunday narsalar yaxshilik bilan tugamaydi, do'stim. Yaxshilik bilan tugamaydi. Roy Kin ommaviy tarzda chiqish qildi va bir necha kundan keyin ketdi.
Krishtianu Ronaldu klubdagi ayrim shaxslarni: murabbiy va egalarini tanqid qildi va shundan so'ng darhol ketdi.
Ralf Rangnik qilinishi kerak bo'lgan ishlarga ishora qildi va aytgancha, men bu yigitlarning ba'zi gaplariga qarshi emasman. Men shunchaki kimdir futbol klubi ierarxiyasini ommaviy tarzda tanqid qilganda nimalar yuz berishini aytyapman.