Rio Ferdinand: Martinezning vaziyati yaxshilik bilan tugamasligi mumkin
Rio Ferdinand Martinezning klub ierarxiyasini ommaviy tanqid qilishi yaxshilikka olib kelmasligini ta'kidladi.
Rio Ferdinand Martinezning vaziyati haqida fikr bildirdi:
Bunday narsalar yaxshilik bilan tugamaydi, do'stim. Yaxshilik bilan tugamaydi. Roy Kin ommaviy tarzda chiqish qildi va bir necha kundan keyin ketdi.
Krishtianu Ronaldu klubdagi ayrim shaxslarni: murabbiy va egalarini tanqid qildi va shundan so'ng darhol ketdi.
Ralf Rangnik qilinishi kerak bo'lgan ishlarga ishora qildi va aytgancha, men bu yigitlarning ba'zi gaplariga qarshi emasman. Men shunchaki kimdir futbol klubi ierarxiyasini ommaviy tarzda tanqid qilganda nimalar yuz berishini aytyapman.
Men buni to'g'ri deb o'ylamayman.