"Paxtakor" - "Al Nassr" o'yiniga chiptalar sotuvi boshlandi!
Jamoamizning 2 noyabr kuni Elit Chempionlar Ligasida Toshkentda o'tadigan bahsiga chiptalar sotuvi boshlandi. Shu kuni "Paxtakor" Saudiya Arabistonining eng mashhur klublaridan bo'lgan "Al Nassr"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:45da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Klubimiz tarixidagi eng yodda qolarli o'yinlardan birini stadionda kuzatishni istagan muxlislar bugundan chiptalarni xarid qilishlari mumkin.
Chiptalar 6 xil narx bilan belgilangan - 100, 200, 300, 400 va 600 ming so'mdan, CIP toifa esa 3 million so'mdan sotuvga chiqqan.
Qayerdan xarid qilish mumkin?
1. Iticket.uz sayti
2. Iticket ilovasi
3. Kassalarda: «Paxtakor» stadionida 2ta kassa va "Humo Arena"da 1ta kassa
📲 Saytdan xarid qilganlar uchun muhim ma'lumot:
Sayt orqali xarid qilingan chipta faqat Iticket ilovasida ko'rinadi. Shu sababli, ilovaga saytdagi ma'lumotlar bilan, ya'ni o'sha akkaunt orqali kiring, aks holda chipta ko'rinmaydi.
🔐 QR-kod ilovada o'yin boshlanishidan 3 soat oldin paydo bo'ladi.
Xavfsizlik maqsadida chiptani nusxalash, skrinshot qilish yoki boshqa birovga yuborish imkoni yo'q.
❗️ Sotib olingan chiptalar qaytarilmaydi va almashtirilmaydi.
Barcha orziqib kutayotgan muhim bellashuvni o'tkazib yubormang!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!