Paxtakor 3:1 Bunyodkor: "Sherlar" muhim g'alabani qo'lga kiritdi
FC PAKHTAKOR ↗ ●●●●● Natijalar 👁 30

Paxtakor 3:1 Bunyodkor: "Sherlar" muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Superliga, 23-tur doirasida "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

Uchrashuv 3:1 hisobida "Paxtakor" foydasiga hal bo'ldi. Gollar mualliflari: Tahsin (42-daqiqada), Doston Hamdamov (73-daqiqada) va Chinedu (90+2-daqiqada). "Bunyodkor" safida yagona golga Abdunabiyev (62-daqiqada) mualliflik qildi.

Ushbu muhim g'alabadan so'ng "Sherlar" turnir jadvalida peshqadamlikni o'z qo'llariga olishdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!