Navbahor 3:2 Neftchi: Superliga 28-tur natijasi
Superliga 28-turidan o'rin olgan Navbahor va Neftchi jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.
⚽️ Superliga. 28-tur
🔵 NAVBAHOR 3:2 NEFTCHI 🟢
Superliga 28-turidan o'rin olgan Navbahor va Neftchi jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.
⚽️ Superliga. 28-tur
🔵 NAVBAHOR 3:2 NEFTCHI 🟢
Navbahor bosh murabbiyi Timur Kapadze "Neftchi"ga qarshi kechgan bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadzening "Navbahor" - "Neftchi" (3:2) o'yinidan keyingi matbuot anjumanidagi fikrlari.
O‘zbekistonlik tajribali himoyachi Anzur Ismoilov professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Ko‘plab o‘yinlar, muhim g‘alabalar va unutilmas lahzalar. Anzur Ismoilov professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Superliganing 27-turida Paxtakor o'z maydonida Qo'qon-1912 jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv gollari va natijalar bilan tanishing.
O'yin tugadi.
Superliga, 27-tur
Paxtakor - Qo'qon-1912 3:1
Gollar: Nasrullayev 5, Chinedu 9, Hamdamov 90-pen - Tabatadze 61.
Birinchi bo'lim suratlari
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Andijondagi g'alaba, Nikolay Ivanovning mahorati va Kubok yarim finali oldidan maydonlar holatidan xavotirda.
Mirko Yelichich: — Albatta, uch ochkodan juda mamnunman. Andijonga safar har doim qiyin kechishini bilamiz. Raqib jamoaning sifati, futbolchilarining jismoniy holati va, albatta, Andijonga yetib borishning o‘zi ham oson emas. Bugun rejalashtirganimizdek o‘ynashga harakat qildik. Erta gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham o‘zimizni yo‘qotib qo‘ymadik. Yigitlarimizga rahmat!
— Raqib jamoaning o‘yin uslubi haqida nima deysiz?
— "Andijon"ning yil boshidan beri ko‘rsatayotgan o‘yini menga juda yoqadi. Jamoa tarkibiga ham yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Balki mavsum ular uchun biroz omadsiz kechayotgandir. Ularning harakatlari va o‘yin uslubi menga ma’qul. Bu uchrashuv oldidan qiyin bo‘lishini bilardik va chiroyli futbol ko‘rsata olmasligimizga ham tayyor edik. Maydon ham kombinasion futbol o‘ynashga imkon bermasdi, ko‘p kurash bo‘lishini kutgandik. Biz ham o‘yinimizga aynan shu jihatlarni qo‘shishga harakat qilyapmiz. Futbolchilarimiz jismoniy jihatdan eng kuchlisi emas, shuning uchun ko‘proq boshqa jihatlar ustida ishlaymiz. Shunday o‘yinda g‘alaba qozonish yoqimli.
— Nikolay Ivanov birinchi davradagi kabi jarimadan gol urdi.
— U bu borada mutaxassis. Bu mavsumda u bunday vaziyatlardan ko‘proq gol urishi kerak edi. Umuman, jamoa standart vaziyatlardan unchalik yaxshi foydalana olmadi. Shuning uchun bugun bitta gol urilgani quvonarli. Uning bu borada texnikasi juda yaxshi, mashg‘ulotlarda ham ko‘p ishlaydi. Gol urganidan xursandman.
— Bilol Tupliyev yaxshi o‘yin namoyish qilayotgandi. Biroq uni zaxiraga oldingiz.
— Biz har bir o‘yinda hujumchilarni almashtirishga harakat qilamiz. Zamonaviy futbolga nazar tashlasangiz, eng ko‘p mehnat qiladigan futbolchilar — hujumchilar. Ular to‘psiz holatda himoyada ham ishlashi, shu bilan birga, hujumda muammolar tug‘dirish uchun maksimal darajada ochilishi kerak. Shuning uchun jamoani yangilash zarurati tug‘ilganda, aynan shu pozisiyalardagi futbolchilarni, ayniqsa, qanot hujumchilarini almashtirishga harakat qilamiz.
— Kubok yarim finalida ham ushbu juftlik o‘ynaydi. Bu o‘yin haqida nima deya olasiz?
— Kubokdagi o‘yinni ligadagi natijalarga qarab baholab bo‘lmaydi. Kubok — bitta uchrashuv, o‘sha kuni har qanday holat yuz berishi mumkin. Biz raqibni hurmat qilamiz va unga qarshi maksimal darajada tayyorgarlik ko‘ramiz. Shuningdek, o‘yin Olmaliqda bo‘ladi. U yerda ham maydonning holati yaxshi emas. O‘zPFL nima uchun Kubok yarim finali kabi muhim uchrashuvlarni sifatli futbol o‘ynashga imkon bermaydigan maydonlarda o‘tkazishga ruxsat berishini tushunmayman. Bu biroz xafa qiladi.
Superliga doirasidagi bahsda "Lokomotiv" safarda "Andijon"ni 1:3 hisobida mag'lub etdi. Bu temiryo'lchilarning "Bobur Arena"dagi ketma-ket 9-g'alabasi.
Superliga doirasidagi Andijon va Lokomotiv jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. "Bobur Arena"da kechgan bahsda mehmonlar 1:3 hisobida ishonchli va irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.
Ushbu g'alaba "Lokomotiv" uchun mazkur stadiondagi ketma-ket to'qqizinchi muvaffaqiyat bo'ldi.
Navbahor bosh murabbiyi Timur Kapadze Andijon ustidan qozonilgan g'alaba hamda taqvimdagi qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi.
O'zbekiston Superligasining 26-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Andijon” (1:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.
“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o'z so'zini o'yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.
Albatta, butun “Navbahor” jamoasini, muxlislarini — barchani g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv bo'lishini bilardik. Qaysidir ma'noda prinsipial o'yin ekanini ham tushunardik. Lekin, o'ylaymanki, yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Albatta, o'yin oson o'tmadi, biroq, menimcha, yaxshi harakat qildik.
Biz har doim g'alaba qozonishni istaymiz. Ertaroq ham gol urish imkoniyatimiz bor edi. Futbol bu... Eng asosiysi, g'alaba qozondik va endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Albatta, “Andijon” jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilaymiz.
– Timur aka, mavsum yakuniga yetib qoldi. Mavsum davomida namanganlik muxlislar tomonidan Timur Kapadze nomi qaysidir ma'noda o'ziga xos “krichalka”ga aylanib qoldi. Namangandek shaharda bunday darajadagi natijaga erishish har doim ham murabbiylarga nasib qilavermagan. Bu sizda qanday hissiyotlarni uyg'otmoqda?
Albatta, bu juda yoqimli. Har bir muxlisga rahmat aytaman. O'ylaymanki, men ham, jamoam ham ularni xursand qilish uchun har tomonlama harakat qilyapmiz. Xudoga shukur, shunday natijalarga erisha olyapmiz. Har bir stadionga kelgan muxlisni xursand qilayotganimizdan o'zimiz ham mamnunmiz.
Qolaversa, muxlislarning bizga shunday munosabat bildirishi men uchun ham, jamoa uchun ham juda yoqimli holat. O'ylaymanki, bu hamisha shunday bo'lsin, har bir murabbiyga muxlislarni xursand qilish nasib etsin. Chunki murabbiylik shunday kasb: g'alaba qozonsangiz, hamisha ko'klarga ko'tarishadi, mag'lubiyatga uchrasangiz esa…
Xudoga shukur, harakat qilyapmiz, buning evaziga Xudo ham bizga baraka beryapti. Shuning uchun, albatta, bu juda yoqimli. O'ylaymanki, biz ham ularga o'z o'yinimiz bilan javob qaytaryapmiz.
– Hozirda ko'plab jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshladi. Garchi transfer bozori hali ochilmagan bo'lsa-da, kelasi mavsum uchun muzokaralar boshlangan. “Navbahor”da bugungi kunda vaziyat qanday? Kelasi mavsum uchun “Andijon”dan ayrim futbolchilarni tarkibingizga jalb qilishingiz mumkinmi?
Albatta, ikki frontda ham maydonga tushamiz, o'ynaymiz. Har bir uchrashuvga g'alaba qozonish uchun chiqamiz. O'ylaymanki, qaysi o'yin bo'lishidan qat'i nazar, maksimal darajada g'alaba uchun harakat qilamiz. Menimcha, bu borada tanlov bo'lmaydi. Qolgani nasib. Eng asosiysi, mashg'ulotlarda ham, umuman, o'yinga tayyorgarlik jarayonida ham professional yondoshsak, hammasi joyida bo'ladi.
Kubok masalasida ham bizni o'ylantirayotgan jihatlar ko'p. Chunki hozir milliy jamoa bilan bog'liq vaziyat ham bor. Oldinda yana bitta tur bor, keyin milliy jamoa yig'ini boshlanadi. Kimlar chaqirilishini hozircha bilmaymiz.
Bilasizlar, milliy jamoani ikkita uchrashuv kutyapti. Ikkinchisi 17 noyabr kuni safarda bo'ladi. Buning ustiga, 20 noyabr kuni “Neftchi” bilan o'z maydonimizda derbi o'yinimiz bor. 17 noyabrda o'ynab, futbolchilar qachon qaytib kelishadi? 18 noyabr kuni kelib, bir kun mashg'ulot o'tkazib, yana o'yinga tayyorlanishlari kerak bo'ladi. Ular o'ynay oladimi yo'qmi? Buning o'zi ham ko'plab muammolarni keltirib chiqaradi.
Buning ustiga, o'sha uchrashuvdan keyin darhol O'zbekiston kubogi doirasidagi uchrashuv belgilangan. Bunday holatlar, albatta, biz — murabbiylar uchun juda qiyin masala. Chunki hozir yana tanaffus bo'ladi, keyin yana tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. Ayrim futbolchilar milliy jamoada bo'lganidan keyin o'yin ritmidan tushib qolishi, o'yin tonusini yo'qotishi mumkin. Bunday jihatlar ko'p.
O'ylaymanki, barcha jamoalarda shunday bosh og'rig'i bor. Albatta, milliy jamoa hammamiz uchun hamisha ustuvor hisoblanadi. Ularga faqat omad tilaymiz. Biz esa ishlashda davom etamiz.
Jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilovning “Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvidan soʻng oʻyin haqidagi fikrlari.
Jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilovning “Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvidan soʻng oʻyin haqidagi fikrlari
O'zbekiston kubogi doirasida "Neftchi" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bahs "Lokomotiv"ning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'zbekiston kubogi doirasida "Neftchi" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Uchrashuv "Lokomotiv"ning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yinning 11-daqiqasida Jasurbek Yaxshiboyev penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochgan edi.
Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi.
Superliga. 24-tur
LOKOMOTIV 0:0 NASAF
Uchrashuv yakunlandi!
Superliga 23-turidan o'rin olgan So'g'diyona - Lokomotiv uchrashuvidan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Superliga 23-tur. Soʻgʻdiyona - Lokomotiv 2-3 uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yinni raqibga bosim qilmay boshladik, “Lokomotiv” bo‘limda to‘pni nazorat qildi. Ularda xavfli vaziyatlar paydo bo‘ldi, ammo shunga qaramay gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Shunga qaramay tez gol o‘tazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda agressivroq o‘ynay boshladik, tez gol o‘tkazib yubordik, biroq hisobni tenglashtira oldik. Uchinchi gol… “Lokomotiv” ikkita bir xil gol urdi. Bahs uchun yigitlarga rahmat, bu futbol. Keyingi o‘yinga tayyorlanamiz.
- Bugun 50-raqamda Shohruz Kamolov maydonga tushdi. U U-19 chempionati to‘purari hisoblanadi. Uning o‘yiniga qanday baho berasiz?
Har bir futbolchi katta futboldagi faoliyatini turlicha boshlaydi. Mashg‘ulotlarda, uchrashuvlarda uni kuzatib bordik. Bu Kamolovning birinchi bahsi, hamma harakati ham muvaffaqiyatli bo‘lmagandir, hayajon bo‘lgani aniq. Menimcha, u kelajakda yaxshi hujumchi bo‘ladi.
- FIFA kunlari “So‘g‘diyona”ga qanday ta’sir qildi, chunki tanaffus katta edi?
Odatdagidek tayyorlandik. Mashg‘ulotlar o‘tkazildi, kayfiyat yaxshi edi. Bugun gollar urishga muvaffaq bo‘ldik. “Lokomotiv” safida Temurxo‘ja Abduxoliqovni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim, u o‘z ishining ustasi.
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich o'tgan o'yin, Sardor Mirzayevning holati hamda Lyupcho Doriyevning o'yini haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich: - Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Hozir hamma jamoalar kurashmoqda, turnir jadvalida yuqoridagilar ham, pastdagilar ham. O‘yindan mamnunman, biz o‘yinni nazorat qildik va to‘pni o‘zimizda ushlab turdik. Birgina xato ishni qiyinlashtirib yubordi. O‘z o‘yinimizdan esa mamnunman.
- Bugun 5ta gol ko‘rdik. FIFA kunlaridan keyingi ilk o‘yindagi o‘yin sifatiga qanday baho berasiz? O‘rtada katta tanaffus bo‘ldi.
- Ha, rostdan ham katta tanaffus bo‘ldi. Bunday paytlarda o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish mumkin. Bu ham normal holat. To‘pni ko‘p yo‘qotganimiz va ayrim vaziyatlarda xatolar qilganimiz - maydon sifati sababli. Bunday maydonda umuman boshqacha uslubda futbol o‘ynasak ham bo‘lardi. Biz esa jamoani maydonning holatiga tayyorladik. Bu qiyin bo‘ldi. Bir tomondan olib qarasak, bizda milliy jamoaga futbolchilar jalb qilinmadi. Faqatgina 4 nafar yoshlarimiz turli yoshdagi termalarga ketishdi. Balki milliy jamoaga futbolchilarning ketmayotgani bizga tayyorlanish uchun yaxshi imkoniyat berayotgandir. Umuman olganda tanaffusdan keyingi ilk o‘yinimiz yomon bo‘lmadi. Endi esa yanada kuchayish haqida o‘ylash kerak.
- "Lokomotiv"ga kelgunga qadar bir necha marta jarohat olgan Sardor Mirzayev o‘zini qanday his qilmoqda? U ushbu mavsumda ham jarohatlar sababli bir necha o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.
- Barchasi yaxshi. U o‘zidan yuqori darajadagi professionallikni talab qiladi. Ikki yil davomida futbolsiz qolib ketish juda qiyin. U har tomonlama o‘zini to‘g‘rilab olishga, o‘ziga kelishga harakat qilyapti. Bu yilda u jismoniy holatini tiklab olish uchun katta mehnat qilyapti va bu o‘z mevasini bermoqda. Ha, u yosh bola emas. 35-36 yoshida bunday yuqori darajadagi o‘yinlarda qatnashish oson emas.
- Ketma-ket uchinchi mavsumda ham yuqori o‘yin darajasini ko‘rsatayotgan, ayni damda to‘purar Lyupcho Doriyev haqida nima deysiz? Mutaxassisi sifatida uning o‘yinlariga qanday baho berasiz?
- Juda yuqori darajadagi futbolchi. Balki ayni damda Superligadagi eng yaxshi futbolchidir. U to‘pni o‘zida ushlab turishni yaxshi ko‘radi va ko‘p vaziyatlarda xavfli bo‘lib turdi. Agarda u boshqa jamoada bo‘lsa, balki, u uchun hududlar ochib berishganida, u yanada xavfliroq bo‘lardi.
Lokomotiv stadionida bo'lib o'tgan keskin kurashga boy uchrashuvdan eng yorqin lahzalar.
Lokomotiv stadionida kechgan keskin kurashdan eng yorqin lahzalar.
O‘zbekiston Kubogining 1/4 final bosqichiga qur’a tashlandi. “Neftchi” jamoasi chorak finalda “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushadi.
Bugun O‘zbekiston Kubogining 1/4 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, navbatdagi bosqichda “Neftchi” jamoamiz “Lokomotiv” jamoasi bilan to‘qnash keladi.
20-oktyabr
Istiqlol stadioni
Chorak finalda jamoamizga omad tilaymiz!
O'zbekiston Kubogi doirasidagi bahsda "Lokomotiv" "Bunyodkor"ni mag'lub etib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Biz chorak finaldamiz!
Kubok doirasidagi "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi.
Mash'al jamoasi Toshkentda Lokomotivga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchradi. Shuningdek, yoshlar jamoasi ham safar o'yinida imkoniyatni boy berdi.
So'nggi yangiliklar
Toshkentda “Lokomotiv”ga mag‘lub bo‘ldik
“Mash’al” U21 safarda mag‘lub bo‘ldi
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mirko Yelichich: To‘liq 90 daqiqa yopiq futbol o‘ynab bo‘lmasligini bilardik
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Mash'alga qarshi o'yin, jamoaning maqsadlari hamda o'zining murabbiylik falsafasi haqida gapirdi.
Mirko Yelichich: - "Mash’al"ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman. Ular maydonda qo‘rqmay harakat qilishmoqda. O‘yin oson kechmadi. To‘liq 90 daqiqa "yopiq" futbol o‘ynab bo‘lmasligini bilardik. Baribir zonalar ochilib qolardi. To‘xtovsiz bosim qilishimiz kerak muhim edi.
- Jamoa to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu siz uchun nimani anglatadi?
- To‘qqizta o‘yin qoldi. Biz musobaqa jadvaliga qaramayapmiz. O‘yinimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. Birinchi navbatda jamoa o‘yini va uni yaxshilash. Shunda ko‘nglim to‘ladi.
- Demak, bugungi o‘yindan qoniqdingizmi?
- Menga nechanchi o‘rinni egallashimiz muhim emas, ochig‘i. Muhimi, ushbu mavsumdan ko‘proq futbolchilarni tarbiyalash. Faqat egallaydigan o‘rnimiz eng muhimi emas.
- Ja’far Bahodirovni maydonga tushirishingizga sabab hisob bo‘ldimi yoki o‘yindan oldin ham shuni reja qilganmidingiz?
- Jamoaga ko‘proq kuch kerak edi. Temurxo‘ja va Sardor charchab qolishdi. Abduholiqov to‘psiz ham ko‘p harakat qilmoqda. Ja’far esa kuchga to‘la bo‘lib maydonga tushdi.
- To‘rt kundan so‘ng Kubokda "Bunyodkor" bilan o‘ynaymiz, keyin esa besh kun o‘tar-o‘tmas "Neftchi" bilan. Tiklanishga vaqt yetyaptimi?
- Yo‘q. Shunchaki qanday tiklanish tizimi o‘zgaradi. Biz hozir e’tiborni o‘yindagi jarayonlarga qaratdik. Shuning uchun, hozir qanday yo‘l tutishni bilamiz. "Bunyodkor"ga qarshi "Mash’al" bilan qilgan o‘yinimizni qilmaymiz.
- Yelichich jamoalari juda barqaror o‘yin namoyish etadi va sekinlik bilan o‘yinni yaxshilab boradi. Qaysi mashhur murabbiylarni kuzatasiz va ulardan nimalarni o‘rganasiz?
- Mening sevimli jamoam - "Liverpul". Klopp davridagi futbol yoqardi. Juda intensiv edi. O‘yinni nazorat qilish bo‘yicha esa "Barselona", o‘z vaqtida Byelsa ham "Lids"da yaxshi ishlagandi. Hozir "Komo"ni misol sifatida keltira olaman. Fabregas ko‘p narsani o‘zgartirdi. Men uchun muhimi pozision o‘yin.
Superliganing 21-turida Lokomotiv Mash'alni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Temurxo'ja Abduxoliqov ikki gol kiritdi.
Superliga, 21-tur. Lokomotiv o'z maydonida Mash'alni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov, 56 (1:0), Temurxo'ja Abduxoliqov, 85 (2:0), Jafar Bahodirov, 90+1 (3:0).
Superliga 2026 19-turidan o'rin olgan Mash'al va Navbahor bahsida mehmonlar minimal hisobda g'alaba qozonishdi.
Superliga 2026, 19-tur.
Mash'al 0:1 Navbahor
Gol: Jaloliddinov, 20
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" klubining sobiq himoyachisi Anzur Ismoilov professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Anzur Ismoilov katta futbol bilan xayrlashdi
"Lokomotiv" tarkibida 101, O'zbekiston terma jamoasida 105 ta uchrashuv — klublari va milliy terma jamoa safida, yuzlab jangovar bahslar, unutilmas g‘alabalar va futbolga bag‘ishlangan yillar!
Siz maydonni tark etishingiz mumkin, ammo futbol muxlislari qalbida qoldirgan izingiz hech qachon o‘chmaydi.
Barcha xizmatlaringiz uchun rahmat, Anzur! Sizga yangi hayot yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! ❤️⚽️
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Jasur Yaxshiboyevning o'yini va jamoaning xarakteri haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich: — Rahmat. Yana bir bor o‘zimizga o‘zimiz qiyinchilik tug‘dirdik. Bu bizning dastlabki daqiqalardayoq gol o‘tkazib yuborayotgan beshinchi yoki oltinchi o‘yinimiz bo‘ldi. Bunday holatdan keyin o‘yinni qurish ancha qiyinlashadi. Ammo bugun jamoamizning xarakterini ko‘rsatdik. Oliy ligada o‘ynaganda jamoalar o‘rtasidagi sifat borasidagi farq unchalik katta bo‘lmaydi. Lekin xarakterdagi farq ko‘p narsani hal qiladi. Bizning jamoada kuchli xarakter va jamoaviy ruh borligi juda yaxshi. Bu qiyin vaziyatlarda katta yordam beradi. Bugun futbolchilarimiz buni yana bir bor isbotlashdi. Ular g‘alabaga haqli edilar. Ba'zida uch ochko qo‘lga kiritasan, ammo g‘alabaga to‘liq loyiq edik, deb ayta olmaysan. Bugun esa biz g‘alabaga haqiqatan ham loyiq edik.
— Mirko aka, g‘alaba bilan tabriklayman! Menda ikkita savol bor. Birinchisi, iqtidorli futbolchi Jasur Yaxshiboyevning xarakteri ancha murakkab ekanini hech kim inkor etmaydi. Birinchi bo‘limda Bilol Tupliyev juda yaxshi o‘ynadi, ammo ikkinchi bo‘limda charchagani sezildi. Jamoa 0:1 hisobida yutqazayotgan paytda siz Nurullayevni maydonga tushirdingiz. Bu vaziyatda ikkita yo‘l bor edi: charchagan futbolchini almashtirish yoki yana bir provokatsiya bo‘lsa, qizil kartochka olishi mumkin bo‘lgan futbolchini maydondan olish. Jasur esa Abdumajidov bilan to‘qnashuvda unga zarba berdi, ammo hakam bu holatni payqamadi. Siz tavakkal qildingiz, Bilolni almashtirdingiz va Jasurni maydonda qoldirdingiz. Natijada u gol urdi. Murabbiy sifatida bu qaroringizni qanday izohlaysiz?
— Biz raqibga bosim o‘tkazishda davom eta olishimizni ko‘rdik. Bilol, albatta, juda ko‘p mehnat qiladi, himoyada ham, hujumda ham jamoaga yordam beradi. Jasur esa hal qiluvchi vaziyatlarda biroz yaxshiroq qaror qabul qila oladi. Bilol yaxshi pozitsiyalarga chiqadi, ammo ba'zan vaziyatning yakuniy bosqichida to‘g‘ri qaror qabul qilishda nimadir yetishmaydi. Jasur esa raqib futbolchilari charchagan paytda shunday vaziyatlardan samarali foydalana oladi. Unda buning uchun yetarli mahorat bor. Bundan tashqari, u tajribali futbolchi. Maydonda qayerda turish kerakligini biladi, zarur paytda tanasi bilan to‘pni himoya qila oladi. Shuning uchun uni maydonda qoldirishga qaror qildik.
— Tushundim. Ammo men boshqa jihatni nazarda tutyapman. Teletranslyatsiyada ham ko‘rindi: yana bir provokatsiya bo‘lganida, siz futbolchisiz qolishingiz mumkin edi. Demak, bu tavakkalga ongli ravishda bordingiz, to‘g‘rimi?
— Biz Jasur bilan gaplashdik. U katta yoshli, tajribali futbolchi. Unga xotirjam bo‘lishi, hissiyotlarga berilib, buning o‘yinga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini aytdik. Hozir bizning oldimizda boshqa vazifa bor edi — bu uchrashuvda g‘alaba qozonish. U bizni tushundi. Ba'zida futbolchi bilan gaplashganingizda, u sizni tushunmayotganini yoki aytganingizni bajarishga tayyor emasligini his qilasiz. Jasur esa bizni to‘liq tushundi va maydonda o‘zini nazorat qila olishini ko‘rsatdi.
Uning ayrim o‘yinlarida g‘alaba uchun kurashish istagi va kuchli hissiyotlarini yaqqol sezish mumkin. Ba'zida esa bunday bo‘lmaydi. Bugun unda ana shu ishtiyoq bor edi. Shuning uchun tavakkal qilib, uni maydonda qoldirishga tayyor edim.
Lokomotiv himoyachisi Oleksandr Kucherenko jamoa haqidagi tanqidiy qarashlar va jamoaning o'yini haqida fikr bildirdi.
🎤 Oleksandr Kucherenko:
"Lokomotiv" endi Proligadan chiqdi, yana pastki o'rinlarda yuradi, deb o'ylashgandi
🚂 "Lokomotiv" matbuot xizmati jamoamiz himoyachisi Oleksandr Kucherenko bilan katta intervyu tashkillashtirdi. Unda futbolchimiz turli savollarga javob qaytardi va blits-savollardan ham o'tdi. Intervyuni tomosha qilishingiz mumkin.
«Andijon» va «Lokomotiv» o'rtasidagi bellashuvdan so'ng «Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yeliçich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mirko Yeliçich: «Andijon»ning o'yin uslubi menda yaxshi taassurot qoldirdi»
«Andijon» va «Lokomotiv» (1:3) bellashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yeliçich matbuot anjumanida qatnashdi.
Lokomotiv bosh murabbiyi jamoaning so‘nggi o‘yinlardagi natijalari, hujumdagi muammolar va OKMK bilan bo‘lajak ehtimoliy to‘qnashuv haqida fikr bildirdi.
O‘yin qiziqarli bo‘lganiga qo‘shilaman, garchi ikki taym turlicha kechgan bo‘lsa-da. Birinchi taym juda qiziqarli o‘tdi. Ikkinchi taymda esa har ikki jamoaning himoyasi hujumidan ustun kelgandek tuyuldi. Ikkala jamoa ham ehtiyotkor o‘ynadi. Odatda "Lokomotiv"da zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar hujumni kuchaytiradi. Bugun esa almashtirishlardan keyin ham jamoa raqibni jiddiy bosim ostiga ola olmadi. Bu nima bilan bog‘liq? OKMK bunday holatga oldindan tayyorgarlik ko‘rganmidi?
Bu turlicha bo‘ladi. Zaxirada o‘tirgan futbolchini o‘yinga tayyorlash oson emas. Ba’zida almashtirishlar samara beradi, ba’zida esa yo‘q. Bugun bu o‘zgarishlar bizga kutganimizdek yordam bermadi. Raqib himoya chizig‘idagi futbolchilar charchagan va oldinroq harakat qilayotgan bo‘lishi mumkin, deb o‘ylagandik. Shu orqali qanotlarda tezlikni oshirishni rejalashtirgandik. Ammo rejamiz kutganimizdek amalga oshmadi. Bu shunchaki yangi futbolchilarni maydonga tushirib, raqib himoyasi ortidagi bo‘sh hududlardan foydalanishga qaratilgan reja edi.
"Lokomotiv" kubokda "Neftchi"ga qarshi bir taymda to‘rtta gol urdi. Ammo o‘sha ajoyib g‘alabadan keyin jamoa ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozona olmayapti. Hujumda yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanishdagi muammoning sababi nimada? Jamoa bor kuchini "Neftchi"ga qarshi o‘yinga sarflab qo‘ydimi?
Buning sababini topish qiyin. Balki buni faqat futbol xudosi biladi. Ba’zida vaziyatlardan foydalanishning uddasidan chiqasan, ba’zida esa yo‘q. Buni mahorat bilan ham bog‘lash mumkin, omad bilan ham. Buni qanday tushuntirish mumkin? Har bir o‘yin va har bir vaziyat turlicha bo‘ladi. Statistika hamma narsani anglatmaydi. Masalan, 50 ta golli vaziyat yaratib, faqat bitta gol urishingiz mumkin. Ba’zida esa beshta vaziyatdan to‘rtta gol urasiz. Hammasi o‘sha vaziyatlardan qanday foydalanishga bog‘liq. Bugun bizda o‘xshamadi. O‘tgan o‘yinda ham ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ularni golga aylantira olmadik. "Qizilqum" himoyada yaxshi o‘ynadi. Buni ham tan olish kerak. Raqibning himoyadagi harakatlarini ham e’tirof etish lozim. Agar siz vaziyatlar yarata olmasangiz, bu yomon. Ammo ko‘plab vaziyatlar yaratayotgan bo‘lsangiz, buning o‘zi yaxshi ko‘rsatkich. Bu — oldinga tashlangan birinchi qadam.
Noyabr oyida "Andijon" bilan ikki marta o‘ynaysizlar: biri chempionat doirasida, ikkinchisi kubok bahsi. Asosiy syurprizni kubok o‘yini uchun saqlab qo‘yasizmi yoki har ikki uchrashuvga bir xil yondashasizmi?
Biz uchun farqi yo‘q. Har bir o‘yinga bir xil yondashamiz. Bizning o‘z ish jarayonimiz va tayyorgarlik tizimimiz bor. Bu borada ortiqcha hissiyotlarga berilmaymiz. O‘rtoqlik uchrashuvimi yoki kubok yarim finalimi — biz uchun farqi yo‘q. Har bir o‘yinga maksimal darajada tayyorlanamiz. Har kuni qanday ishlasak, xuddi shu tarzda davom etamiz.
Statistika hech qanday ahamiyatga ega emasligini aytdingiz. Qisman qo‘shilaman. Ammo OKMK so‘nggi oltita o‘yinda "Lokomotiv"ga qarshi olti marta g‘olib bo‘ldi. Sizningcha, O‘zbekiston kubogi finalida "Lokomotiv" va OKMK o‘zaro to‘qnash kelishi mumkinmi? Kubokdagi ambisiyalaringiz nuqtai nazaridan, OKMK siz uchun haqiqatan ham noqulay raqibmi?
Yo‘q, umuman bunday deb o‘ylamayman. Men boshqa jamoalar haqida ko‘p o‘ylamayman. Biz faqat ochiq futbol o‘ynashga tayyor jamoamiz. Bugungi o‘yinda bemalol besh-oltita gol urishimiz mumkin edi. Ammo buni amalga oshira olmadik. Agar kubok finalida OKMK bilan o‘ynaydigan bo‘lsak, bu biz uchun yaxshi. Hech qanday muammo yo‘q. Umuman, ularga qarshi o‘tkazgan birinchi o‘yinimizda ham so‘nggi daqiqalarda mag‘lub bo‘lgan edik. Bugun ham shunday holat takrorlandi. Menimcha, har ikki uchrashuvda ham raqibdan yaxshiroq o‘ynadik. Agar finalda ham shu jamoa bilan to‘qnash kelsak, bundan xursand bo‘lamiz.
Superliga doirasidagi Lokomotiv va OKMK o'rtasidagi uchrashuv mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
😌 Uchrashuv yakunlandi!
OKMK bilan yana mojaroli o'yin bo'ldi va unda OKMK yutib ketdi.
Navbahor bosh murabbiyi Timur Kapadze "Andijon"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadzening "Navbahor" - "Andijon" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida bildirgan fikrlari.
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Qizilqumga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
🎤 Mirko Yelichich: - Yoqimsiz va og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bunday jamoalarga qarshi o‘ynashga ko‘nikib qoldik. Futboldagi barcha uslublarni o‘rganib chiqish kerak. Biz o‘zimiz istagan futbolni ko‘rsata olmadik. Birinchi bo‘limni o‘z darajadamizni ko‘rsata olmadik. Balki bu kayfiyat bilan bog‘liqdir. Raqiblar esa o‘yinni juda zo‘r boshlashdi. Goldan keyin esa tezlikni oshirishdi. O‘yinda ko‘p ham vaziyatlar bo‘lmadi, chunki jamoalar hududlarni yopishdi. Raqiblarning qarshi hujumlaridan keyin gol o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Bu o‘yinni taxlil qilib chiqamiz. Barcha o‘yinlar qiyin o‘tmoqda, chunki jamoalar o‘z o‘rinlari uchun kurashishmoqda va vazifalarini bajarishga harakat qilishmoqda. Shu sababli jamoalar oson o‘yinlar o‘tkazishmayapti.
- "Qizilqum" shunday o‘yin ko‘rsatishini kutganmidingiz? Agar sir bo‘lmasa, bu raqibning himoyasini yorib o‘tish uchun qanday uslublarni ishlatmoqchi edingiz?
- Ularning "Neftchi"ga qarshi o‘yinini tomosha qildim, ular tezlik evaziga juda moslashuvchan jamoa. "Qizilqum"ga qarshi umuman boshqacha futbol ko‘rsatishimiz kerakligini bilardik. Bugun maydonni o‘rishmagani bizga biroz halaqit qildi. Chunki to‘p juda sekin harakatlandi. Bu atay qilinganmi, bilmadim. Balki bunga ham ahamiyat berib qo‘yish kerakdir. Biz Superliganing darajasini oshirishga harakat qilyapmizmi, demak, bunday detallarga ham qarash kerak. Shunchaki bu futbolning o‘sishiga yordam bermaydi. Biz to‘pni tezroq harakatlantirib, tezkor futbol namoyish qilmoqchi edik. Ammo maydon bunga qarshilik qildi.
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich "Neftchi"ga qarshi kechgan kubok o‘yini va jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich: - Haqiqiy kubok o‘yini, ko‘plab gollarni ko‘rdik, jamoalar yuqori kayfiyatda o‘yinga yetib keldi. "Neftchi" oxirigacha kurashdi. Ikkala jamoa ham yaxshi vaziyatlarga ega bo‘lishdi. Bu futbol, biz ham so‘nggi daqiqagacha kurashdik va raqibga haqiqiy jangni taklif qildik. Yigitlarga bugungi o‘yin uchun rahmat aytaman. Kubokning bunday o‘yinlarini tomosha qilish va o‘ynash yoqimli.
- Hech kim bunday natija bo‘lishini kutmagandi. Jamoaning bugungi g‘alabasi siri nimada?
- Bizning futbolchilar to‘p bilan o‘zlarini qulay his qilishadi. Bu 10 oylik mehnat jarayonining mahsuli. Shu sababli yigitlar o‘z futbolini ko‘rsatishga shoshilishmaydi. Shunday ekan, ular istalgan raqibga qarshi o‘ynay olishadi. Lekin ayrim vaziyatlarda jamoamizga kurashuvchanlik yetishmayapti. Bugun yuqori darajadagi futbolchilari bor "Neftchi"ga qarshi o‘yinda yuqori tempda o‘ynashganidan minnatdorman. Bunday ishonchli o‘yin biz uchun ko‘p narsalarni anglatadi. "Neftchi"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.
O'zbekiston Superligasi doirasidagi Neftchi va Lokomotiv jamoalari o'rtasidagi bahs uchun asosiy tarkiblar e'lon qilindi.
Asosiy tarkiblar: 🔥
“NEFTCHI”: 1. Botirali Ergashev, 4. Bojan Kiger, 5. Ikromjon Aliboyev, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7. Abrorbek Ismoilov, 9. Xurshid G'iyosov, 10. Jamshid Iskanderov, 18. Stipe Peritsa, 20. Anvarjon G'ofurov, 52. Koffi Kouao, 77. Jurani Ferreira.
Zaxiradagilar: 45. Akbar To'rayev, 2. Izzatillo Po'latov, 8. Vladimir Yovovich, 11. Asilbek Jumayev, 21. Muxsinjon Ubaydullayev, 22. Alisher Odilov, 32. Zoran Marushich, 34. Farruh Sayfiyev, 71. Bilolxon Toshmirzayev.
“LOKOMOTIV”: 1. Aleksey Kozlov, 8. Bilol Tupliyev, 10. Shodiyor Shodiboyev, 15. Aleksandr Shushnyar, 17. Sardor Mirzayev, 18. Oleksandr Kucherenko, 23. Diyorjon Turopov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 33. Oleg Zoteyev, 45. Yovan Nishich, 99. Jasur Yaxshiboyev.
Zaxiradagilar: 16. Danil Baklanov, 7. Quvonchbek Abrayev, 9. Suxrob Nurulloyev, 11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 14. Nikolay Ivanov, 22. Sunnatullo Poyonov, 26. Abdulloh Yo'ldoshev, 61. Nurlan Ibraimov, 70. Muhammadali Reimov.
Superliga doirasidagi "Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi bahs gollarsiz durang bilan yakunlandi.
Superliga doirasidagi uchrashuv yakunlandi. "Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.
Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
«Neftchi» bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchi Ikrom Aliboyev «Al-Nassr»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.
«Al-Nassr» — «Neftchi» uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov hamda futbolchimiz Ikrom Aliboyev ertangi bahs, raqibning imkoniyatlari va jamoamizning uchrashuvga tayyorgarligi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
Islombek Ismoilov: «Biz Ar-Riyodga natija uchun keldik»
— Assalomu alaykum! Ertangi uchrashuvdagi raqibimiz — Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan «Al-Nassr». Ularning tarkibida jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, yuqori saviyali va katta tajribaga ega futbolchilar to‘p surishadi.
Albatta, bu biz uchun juda muhim uchrashuvlardan biri. Biz Ar-Riyodga shunchaki maydonga tushib, o‘yin o‘tkazish uchun emas, balki munosib natijaga erishish maqsadida keldik. Raqibning kuchini yaxshi tushunamiz, shu bilan birga, o‘z imkoniyatlarimizga ham ishonamiz.
Ertangi bahsda bor kuchimiz, mahoratimiz va jamoaviy birdamligimizni ishga solamiz. Maydonda oxirigacha kurashib, chiroyli futbol namoyish etish va Farg‘ona hamda butun O‘zbekiston xalqini xursand qilish uchun harakat qilamiz.
Ikrom Aliboyev: «Bor kuchimiz bilan kurashamiz»
— Assalomu alaykum! Murabbiyimiz ta’kidlaganidek, ertaga Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushamiz. «Al-Nassr» nafaqat tarkib jihatidan, balki moliyaviy imkoniyatlari va xalqaro tajribasi bilan ham qit’amizning yetakchi klublaridan biri hisoblanadi.
Biz bo‘lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibning kuchli jihatlarini yaxshi bilamiz va o‘z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, o‘yinga tayyorgarlik olib bordik. Futbolda nomlar va imkoniyatlar muhim, lekin maydonda har bir jamoa o‘z o‘yini va kurashi bilan natijaga erishadi.
Ertaga bor kuchimizni ishga solib, muxlislarimizni quvontiradigan natijaga erishishga harakat qilamiz. Bizning vazifamiz — maydonda borimizni berish, oxirigacha kurashish. Natija esa, albatta, Allohdan.
Jamoamiz bosh murabbiyiga berilgan savollar:
— «Al-Nassr» jamoasining tarkibi haqida qanday fikrdasiz?
— «Al-Nassr» juda kuchli futbolchilardan tarkib topgan jamoa. Ularning individual mahorati va xalqaro tajribasi yuqori ekanini yaxshi bilamiz. Biroq biz ham o‘z imkoniyatlarimizga ishonamiz. Ertangi uchrashuvda raqibning kuchli tomonlarini hisobga olgan holda, o‘z o‘yinimizni namoyish etishga intilamiz. Asosiy maqsadimiz — maydonda munosib kurash olib borish, chiroyli futbol ko‘rsatish va ijobiy natijaga erishish.
— Krishtianu Ronalduning o‘yinini cheklash uchun alohida taktika ishlab chiqilganmi?
— Krishtianu Ronaldu — jahon futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri. Uning mahorati, tajribasi va gol urish qobiliyatini alohida ta’kidlash mumkin. Biz unga hurmat bilan qaraymiz va uning imkoniyatlarini yaxshi tushunamiz. Ammo biz faqat Ronalduga qarshi emas, balki butun «Al-Nassr» jamoasiga qarshi o‘ynaymiz. Shu sababli asosiy e’tiborimiz raqibning umumiy o‘yiniga, jamoaviy harakatlariga va maydondagi vaziyatlarga qaratiladi. Biz uchun eng muhimi — intizomli harakat qilish, murabbiylar shtabi belgilagan rejalarga amal qilishi va jamoa sifatida o‘z imkoniyatlarimizni namoyish etish.
Eslatib o’tamiz, «Al-Nassr» — «Neftchi» uchrashuvi 12-oktabr kuni Ar-Riyod shahridagi «Al-Awwal Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Superliga doirasidagi "So'g'diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvi 2:3 hisobida yakunlandi. Sardor Mirzayev gol muallifiga aylandi.
Superliga doirasidagi "So'g'diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvi qiziqarli va gollarga boy tarzda o'tdi. O'yin yakuniga ko'ra "Lokomotiv" 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollardan biriga Sardor Mirzayev mualliflik qildi (48-daqiqada hisob 1:2 ko'rinishini olgan edi).
Murabbiy Mirko Yelichich o‘zbek futbolidagi o‘zgarishlar, yosh futbolchilarning o‘sishi va akademiyalarga qaratilayotgan e’tibor haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich: - Juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi, ikkala jamoa ham oxirigacha kurashishga, mehnat qilishga tayyor. Ikkala jamoa futbol o‘ynashga harakat qildi. Ikkala tomonda ham vaziyatlar bo‘ldi. Odatda bunday o‘yinlarni kichik xatolar hal qiladi va bu o‘yinda ham shunday bo‘ldi. Himoyada kichik bir xato va o‘yin natijasi hal bo‘ldi. Bunday o‘yinlarni tomosha qilish juda yoqimli, ayniqsa, o‘zbek futboli uchun yoqimli. Ba’zan bu yerdagi o‘yinlar zerikarli bo‘ladi. Shunday ekan, bunday atmosferada vaziyatlari ko‘p bo‘ladigan, ikkala jamoa himoyada o‘ynamaslikni istashi - bu yoqimli, hamma uchun yoqimli.
- Menda shunday savol bor, so‘nggi paytlarda deyarli barcha murabbiylarga shu savolni beryapman. Futbol juda tez o‘zgaryapti. Men so‘nggi paytlarda maydonga tushayotgan yosh futbolchilarning umuman hech kimdan, katta nomdagi o‘yinchilardan qo‘rqmayotganidan xursand bo‘lyapman. So‘nggi paytlarda futboldagi o‘zgarish nimada? Yoshlar maydonga tushyapti, 16 yoshli futbolchini himoya markaziga qo‘yishyapti va u shunday o‘ynayapti. O‘zingiz ham ko‘rdingiz, “Paxtakor” 20 yoshli futbolchini asosiy tarkibda maydonga tushirmoqda va qo‘rqmasdan oldinga chiqadi. Oldinlari yoshlarga hech qanday imkoniyat qoldirilmasdi.
- Ularda qiziqish bo‘lsa, oxirigacha harakat qilishsa, futbolda ko‘p narsani o‘rganish mumkin. Internet yo‘qligi, televizorda o‘yinlar kam bo‘lgani sababli ilgari bunday bo‘lmasdi. Men barcha yoshlar kerakli darajada shug‘ullanyapti, deb aytmagan bo‘lardim. Bu shunchaki futbolga bo‘lgan muhabbat va ular dunyodagi ko‘plab futbolchilarning qanday o‘ynashini ko‘ra oladi. Albatta, ulardan o‘rganasiz. Bu hozirda bu butun dunyoda umumiy holat. Hozir jahon chempioni bo‘lgan Ispaniya tarkibida 19 yoshli yigit o‘ynayapti. Bu aqlbovar qilmas holat. Bunday turnirda nafaqat o‘ynash, balki o‘zingni asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rsatishing mumkin. Akademiyalar hozir ko‘proq e’tibor qarata boshladi. Albatta, mamlakatda moliyaviy ahvol biroz qiyinlashganda, ular akademiyalarga e’tibor qarata boshlaydi. Shu sababli keyin yoshlar ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda juda ko‘p iqtidorli yigitlar bor. Ular bu imkoniyatdan sharoitlar va murabbiylar orqali qanday foydalanishadi, bu boshqa masala. Yoshlarning kelajakda qanday rivojlanishini ko‘ramiz. Men ko‘p yigitlarni kuzataman. Nafaqat biz shug‘ullanayotganlarni, balki ba’zan U-14, U-16 o‘yinlarini ham borib ko‘raman. Juda ko‘p yaxshi iqtidorlar bor.
Lokomotiv bosh murabbiyi Neftchiga qarshi kechgan bahsdan so'ng jamoaning o'yini, taktik o'zgarishlar va mavsumdagi maqsadlar haqida fikr bildirdi.
- Shuhrat Muhammadiyevning almashtirilishi sababi nima - taktikami yoki unda jarohat bormidi?
- Yo‘q, taktik. Maydon markazida bizga kuch yetishmayotgan edi. Masalan, Shuhrat qanotda harakat qilishi kerak edi, ishlari biroz o‘xshamadi. Dastlabki 25-30 daqiqada yaxshi o‘ynadik, keyin esa markazni boy berishni boshladik. Shunda biz markazni kuchaytirishga qaror qildik. Markazni biroz kuchaytirib, bir himoyachini olib tashladik.
- O‘yin oldidan jamoangiz 3-4-3 sxemasida o‘ynaydi deb o‘yladim, chunki bundan oldin doim 4-3-3 yoki 4-2-3-1 sxemasida o‘ynagansizlar. Dastlabki 30 daqiqa teng kurashlar ostida o‘tdi, lekin Sizlarda golli vaziyat bo‘ldi, Tupliyev gol ursa, 1:0. Raqibda vaziyatlar deyarli yo‘q edi. Keyin 30-daqiqadan boshlab, menga shunday tuyuldiki, “Neftchi” ustunlikni qo‘lga oldi va 70-daqiqagacha ular sizlarni shunchaki ezib tashlashdi. Sizlar kuchli bosimga qaramay, to‘rt himoyachili sxemaga o‘tdingiz. Aynan Yo‘ldoshevni o‘ngga o‘tkazdingiz va jamoa nimadir qilishga urindi. Va Shushnyarning xatosi... Aytaylik, u joylashishga ulgurmagani sababli gol yuzaga keldimi?
- Ha, kichik xato. U bir oydan beri o‘ynamayapti. Shuning uchun, o‘tgan o‘yinda 20 daqiqa maydonga tushganini hisobga olmaganda, bu uning uchun birinchi o‘yin. Albatta, bunday paytda sezgirlik hisssi biroz yo‘qoladi. Balki unga to‘pga bunchalik erta sakrash kerak emas edi. Yana bir bor aytaman, bu kichkina vaziyat va o‘yinni hal qildi. Ha. Birinchi taymning so‘nggi 15 daqiqasida biz o‘z rejamizni amalga oshira olmadik, o‘yinni qanday boshlagan bo‘lsak, shunday davom ettira olmadik. Keyin pozision jihatdan ba’zi hududlarni yo‘qota boshladik. Va keyin buni o‘zgartirish kerakligini his qildik.
- Demak, bu taktik emas, individual xato bo‘ldi, shundaymi? Chunki siz to‘rt himoyachiga o‘tdingiz, keyin Abrayev, Bahodirov maydonga tushdi va oxirgi 15 daqiqada hatto Iskandarov ham shunchaki to‘pni tepib yuborganidan hayratdalandim. Jamoangiz hatto oxirida gol urishlari ham mumkin edi.
- Ha. Umuman olganda, Jasur hujumda to‘pni yo‘qotdi. U yotgan edi, biz ular to‘pni chiqarib yuborishadi deb o‘yladik, lekin raqib o‘yinni davom ettirdi. Balki bizning futbolchilarimiz shu vaziyatda biroz to‘xtab qolishdi va konsentratsiyani yo‘qotishdi. Aytishim mumkinki, biz orqa chiziqda biroz ko‘proq to‘pni ushlashimiz kerakligini tushundik. Birga-bir vaziyatlar baribir bo‘ladi, chunki himoyachilar soni hujum qiladiganlardan kamroq. Odatda bunday vaziyatlarni biz osonroq hal qilardik, biroq bu safar o‘xshamadi. Bu tezkor, bir lahzalik qaror. Uni aybdor deb ayta olmaymiz. Gol o‘tkazib yuborilsa, bu vaziyatning oxiridan boshlanmaydi. Bu maydonning yuqori qismidagi birinchi vaziyatdan boshlanadi. Jamoa gol o‘tkazib yuborganda, hamma aybdor bo‘ladi. Men hech qachon bir kishiga yuklashni yoqtirmayman.
- “Lokomotiv” mavsumning ikkinchi qismida “Paxtakor” va “Navbahor” bilan durang o‘ynadi va bugun, afsuski, “Neftchi”ga yutqazdi. Agar medallar uchun kurashayotgan shu uchlikni olsak, jamoangiz o‘yin sifati bo‘yicha shu kuchli uchlikka qanchalik yaqin deb hisoblaysiz? Tarkib bo‘yicha men “Lokomotiv”ni yuqoridagi uch jamoa bilan solishtira olmayman, umuman yaqin ham emassizlar.
- Bu savolga javob berish qiyin. Ayni paytda klublarning sifati, ular qanday jamoa tuza olishi va biz nima qila olishimiz o‘rtasida katta farq bor. Ularning o‘yinchilari sifati yaxshiroq deyishingiz mumkin. Men o‘zim bunday demagan bo‘lardim. Buni qog‘ozda, maoshlar narxida o‘qish mumkin. Bizning o‘yinchilarimiz ular bilan qanchalik kurashishga tayyorligiga kelsak, ha, oradagi farq unchalik uzoq emas. Baribir biroz farq bor. Bu bizning Superligaga qaytganimizdagi birinchi yilimiz. Tarkib yangidan yig‘ilgan. Bu o‘yinchilarning ko‘pchiligi o‘tgan yili jarohatlar yoki quyi ligada o‘ynagani sababli maydonga tushmagan. Shunday ekan, bunday jamoalar bilan kurasha olayotganimiz biz uchun yoqimli. Biz hozir keyingi yilga qanday qilib yaxshiroq bo‘lishimiz mumkinligini izlayapmiz. Biz o‘zimizning darajamizga qaytishni xohlaymiz.
Superliga 22-tur doirasidagi So'g'diyona hamda OKMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi.
Superliga 22-tur doirasidagi So'g'diyona - OKMK uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi.
O'zbekiston kubogining chorak final bosqichiga yo'l olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. Ertaga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.
O'zbekiston kubogi. 1/4 finalning barcha ishtirokchilari aniqlandi. Ertaga 11:00 da qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi O'zbekiston Kubogida navbatdagi bosqichga chiqdi.
"Lokomotiv" O'zbekiston Kubogining chorak finaliga yo'l oldi ☑️
Championat.asia va Transfermarkt talqiniga ko'ra, Aleksandr Xomyakov avgust oyining eng yaxshi murabbiyi, Vladimir Rodich va Husayn Norchaev eng yaxshi futbolchi.
Championat.asia hamda Transfermarkt nashri talqiniga ko’ra Superligada avgust oyining eng yaxshilari deb topildi.
Ikki sayt hamkorligi doirasida Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Avgust oyida Superliganing eng yaxshi murabbiyi Aleksandr Xomyakov bo'ldi. Uning boshchiligida Buxoro 5 ta o'yinda 3 ta g'alabaga erishdi (jumladan, O'zbekistonning amaldagi chempioni Neftchi ustidan 4:1 hisobida), shuningdek, safarda Paxtakor bilan durang o'ynadi (o'yin davomida 0:2 hisobida ortda qolib, 2:2). Xomyakov 44% ovoz to'pladi.
⚽ Superligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb bir vaqtning o'zida ikki o'yinchi tan olindi: Buxoro vingeri Vladimir Rodich va Navbahor hujumchisi Husayn Norchaev 28 foizdan ovoz yig'ishdi. Rodich hisobida 5 ta o'yinda gol+pas tizimi bo'yicha 3+1 ochko bor, ular orasida Paxtakorga urilgan gol va Neftchiga qarshi g'alabali o'yindagi ikkita samarali harakat (bitta gol va bitta assist) mavjud.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.