Mirko Yelichich: - Juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi, ikkala jamoa ham oxirigacha kurashishga, mehnat qilishga tayyor. Ikkala jamoa futbol o‘ynashga harakat qildi. Ikkala tomonda ham vaziyatlar bo‘ldi. Odatda bunday o‘yinlarni kichik xatolar hal qiladi va bu o‘yinda ham shunday bo‘ldi. Himoyada kichik bir xato va o‘yin natijasi hal bo‘ldi. Bunday o‘yinlarni tomosha qilish juda yoqimli, ayniqsa, o‘zbek futboli uchun yoqimli. Ba’zan bu yerdagi o‘yinlar zerikarli bo‘ladi. Shunday ekan, bunday atmosferada vaziyatlari ko‘p bo‘ladigan, ikkala jamoa himoyada o‘ynamaslikni istashi - bu yoqimli, hamma uchun yoqimli.
- Menda shunday savol bor, so‘nggi paytlarda deyarli barcha murabbiylarga shu savolni beryapman. Futbol juda tez o‘zgaryapti. Men so‘nggi paytlarda maydonga tushayotgan yosh futbolchilarning umuman hech kimdan, katta nomdagi o‘yinchilardan qo‘rqmayotganidan xursand bo‘lyapman. So‘nggi paytlarda futboldagi o‘zgarish nimada? Yoshlar maydonga tushyapti, 16 yoshli futbolchini himoya markaziga qo‘yishyapti va u shunday o‘ynayapti. O‘zingiz ham ko‘rdingiz, “Paxtakor” 20 yoshli futbolchini asosiy tarkibda maydonga tushirmoqda va qo‘rqmasdan oldinga chiqadi. Oldinlari yoshlarga hech qanday imkoniyat qoldirilmasdi.
- Ularda qiziqish bo‘lsa, oxirigacha harakat qilishsa, futbolda ko‘p narsani o‘rganish mumkin. Internet yo‘qligi, televizorda o‘yinlar kam bo‘lgani sababli ilgari bunday bo‘lmasdi. Men barcha yoshlar kerakli darajada shug‘ullanyapti, deb aytmagan bo‘lardim. Bu shunchaki futbolga bo‘lgan muhabbat va ular dunyodagi ko‘plab futbolchilarning qanday o‘ynashini ko‘ra oladi. Albatta, ulardan o‘rganasiz. Bu hozirda bu butun dunyoda umumiy holat. Hozir jahon chempioni bo‘lgan Ispaniya tarkibida 19 yoshli yigit o‘ynayapti. Bu aqlbovar qilmas holat. Bunday turnirda nafaqat o‘ynash, balki o‘zingni asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rsatishing mumkin. Akademiyalar hozir ko‘proq e’tibor qarata boshladi. Albatta, mamlakatda moliyaviy ahvol biroz qiyinlashganda, ular akademiyalarga e’tibor qarata boshlaydi. Shu sababli keyin yoshlar ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda juda ko‘p iqtidorli yigitlar bor. Ular bu imkoniyatdan sharoitlar va murabbiylar orqali qanday foydalanishadi, bu boshqa masala. Yoshlarning kelajakda qanday rivojlanishini ko‘ramiz. Men ko‘p yigitlarni kuzataman. Nafaqat biz shug‘ullanayotganlarni, balki ba’zan U-14, U-16 o‘yinlarini ham borib ko‘raman. Juda ko‘p yaxshi iqtidorlar bor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!