Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Lokomotiv — yangiliklari Natijalar

Lokomotiv va bog'liq yangiliklar

Qizilqum 0:1 Navbahor: Navoiydan muhim g'alaba

Qizilqum 0:1 Navbahor: Navoiydan muhim g'alaba

Superliganing 27-turida Navbahor safarda Qizilqumni Diyor Xolmatovning goli evaziga mag'lub etdi va 3-o'rinni mustahkamlab oldi.

O'zbekiston Superligasining 27-turidan o'rin olgan bahsni jamoamiz Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o'tkazdi. Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlanib, 39-daqiqada Timur Kapadze shogirdlarining hujumi samara berdi. Muhammadali G'iyosovning chap qanotdan oshirgan uzatmasidan so'ng, Diyor Xolmatov 20 metrlar chamasi uzoqlikdan kuchli va aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi.

45+1-daqiqada Asadbek Rahmonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. Natijada vakillarimiz tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik bilan yo'l olishdi.

Uchrashuvning 2-bo'limi ancha qiziqarli va hujumkor tarzda kechdi. Mezbonlar muvozanatni tiklash, vakillarimiz esa hisobdagi farqni yanada oshirishga intilishdi. Murabbiylar tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi, biroq yakuniy zarbalarga aniqlik yetishmadi. Natijada yagona gol ushbu uchrashuv taqdirini hal qildi hamda “lochinlar” Navoiydan g'alaba bilan qaytadigan bo'lishdi.

Mazkur yutuqdan so'ng, jamoamiz ochkolarini 55 taga yetkazgan holda, turnir jadvalidagi 3-o'rinni mustahkamlab oldi.

Uchrashuv tafsilotlari:

Superliga. 27-tur. 7 noyabr. Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 5443 tomoshabin.

Hakamlar: Olim To'ychiboyev, Dilshodbek Jumaniyozov, Quvondiq Doschanov, Shohinur Boymatov.

VAR hakami: Nayim Qosimov. AVAR hakami: Shohruh Maqsudov.

Nazoratchi: Konstantin Smirnov. Komissar: Feruzbek G'aniyev.

Gol: Diyor Xolmatov (39).

“Qizilqum”: Farhod Rahmatov, Ilhomjon Vahobov, Fayzullobek Jumanko'ziyev, Shahzodbek Rahmatullayev, Shahzod Turopov, Nikola Kumburovich, Samandar Shukurillayev (S), Nodirxon Ne'matxonov, G'iyosjon Rizaqulov, Duglas Maykon, Otabek Jo'raqo'ziyev.

“Navbahor”: O'tkir Yusupov (S), Islombek Mamatkazin, Dilshodjon Komilov, Ruslanbek Jiyanov, Diyor Xolmatov, Husayn Norchayev, Muhammadali G'iyosov, Asadbek Rahmonov, Jasurbek Jaloliddinov, Giorgi Jgerenaya, Muhammadqodir Hamraliyev.

Lokomotiv 0:1 Neftchi: Farg'onaliklar yakka peshqadamga aylanishdi

Lokomotiv 0:1 Neftchi: Farg'onaliklar yakka peshqadamga aylanishdi

O‘zbekiston Superligasining 22-turida "Neftchi" safarda "Lokomotiv"ni mag‘lub etib, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylandi.

Toshkentdagi uchrashuvning birinchi bo‘limini jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshlashdi va asosiy e’tiborni to‘p nazoratiga qaratishdi. 9-daqiqadayoq Zoran Marushichda hisobni ochish uchun qulay imkoniyat paydo bo‘lgandi, biroq uning zarbasiga aniqlik yetishmadi. Oradan bir daqiqa o‘tib, tezkor qarshi hujumga o‘tgan temiryo‘lchilar vakili Bilol Tupliyev darvozabonimiz bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning xavfli zarbasini Botirali Ergashev yuksak mahorat ko‘rsatib, qaytarishga erishdi.

Ushbu vaziyatdan so‘ng tashabbus va to‘p nazorati asta-sekinlik bilan vakillarimiz tomoniga o‘tdi. Farg‘onaliklar ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratib, hisobni ochishga juda yaqin kelishdi. Ammo mezbonlar posboni Aleksey Kozlov bir nechta vaziyatda ishonchli harakat qilib, jamoasini goldan qutqarib qoldi va darvozasi daxlsizligini saqladi. Shu tariqa, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi — 0:0.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi kutilganidek jamoamizning to‘liq ustunligida o‘tdi. Katta kuch va bosim bilan harakat qilgan futbolchilarimizning urinishlari 62-daqiqada o‘z samarasini berdi. Tezkor hujumda raqib himoyachisining qo‘pol xatosidan unumli foydalangan Zoran Marushich kuchli va aniq zarba bilan darvozani chiroyli tarzda ishg‘ol etib, hisobni ochdi — 0:1.

Shundan so‘ng ham jamoamiz hujumkorlikni susaytirmadi, aksincha, yanada faolroq o‘ynay boshladi. Lekin yaratilgan ko‘plab qulay vaziyatlarda yigitlarimizga biroz aniqlik yetishmadi. Bo‘lim oxirida toshkentliklar hisobni tenglashtirishga harakat qilishgan bo‘lsa-da, himoya qo‘rg‘onimiz tartibli o‘yin namoyish etib, barcha xavfli vaziyatlarni bartaraf etdi. Yakunda g‘alabali natijani saqlab qolgan jamoamiz muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida yana yakka peshqadamga aylandi.

O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
20 sentyabr 22-tur
Toshkent shahar, "Lokomotiv" stadioni soat 19:30
"LOKOMOTIV" 0:1
"NEFTCHI"
Gollar: Zoran Marushich, 62'(0:1)

Bosh hakam: Asker Nadjafaliyev
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Avazbek Abdullayev
Zaxira hakami: Javohir Sadaqulov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Alisher Raximkulov
Nazoratchi: Babur Xaydarov
Komissar: Abdulvosidxon Valixonov

"Neftchi: 1.Botirali Ergashev, 5.Ikromjon Alibayev, 7.Abrorbek Ismoilov(9.XurshidG‘iyosov,69'), 10.Jamshid Iskanderov(30.Rustambek Fomin,90'), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 20.Anvarjon G‘ofurov, 22.Alisher Odilov(18.Stipe Perica,69'), 32.Zoran Marushich(71.Bilolxon Toshmirzayev,69'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo( 21.Muxsinjon Ubaydullayev,81')

Zaxiradagilar: 45.Akbar To‘rayev, 17.Azizbek Muratov, 19.Azizbek Erimbetov, 27.Nurbek Sarsenbayev

Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Bog'liq yangiliklar

Oliy liga: 25-tur natijalari

Oliy liga: 25-tur natijalari

Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan ayollar futboli bahslari natijalari bilan tanishing.

Oliy liga. 25-tur

Sevinç 2:1 Lokomotiv-W

Şahnoza Dekanbayeva 52'
Adams Grace 54'
Soliha Husniddinova 64'

Bunyodkor-W 2:1 Buxoro-W

Karina Gamadeyeva 31’
Nazira Sayfiddinova 61’
Sogdiana Allamurodova 84’

OKMK-W 4:1 Qizilqum-W

Oydinoy Turgunova 42'
Leyla Oraniyazova 48’
Şoxida Tojidinova 53’
Leyla Rustullaeva 60’
Baxtişod Töxtaeva 67’

Qizilqum 1:1 Lokomotiv: Superliga 25-turidan o'rin olgan bahs durang bilan yakunlandi

Qizilqum 1:1 Lokomotiv: Superliga 25-turidan o'rin olgan bahs durang bilan yakunlandi

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Qizilqum" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Superliga 25-tur doirasida "Qizilqum" hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Gollar mualliflari: Shahzod Rahmatullayev 3-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 40-daqiqada Bilol Tupliyev muvozanatni tikladi.