ÖzFHM, SAVOLIMIZGA JAVOB BERING: PENALTI BELGILAŞ UÇUN YANA NIMA BÖLİŞİ KERAK?!
Avvalo, «Lokomotiv» klubini g'alaba bilan tabriklaymiz. «Andijon» esa bugun ham g'alaba uchun kurashdi, vaziyatlar yaratdi, ammo ulardan foydalana olmadi. Lekin uchrashuvning birinchi bo'limining 42-daqiqasidagi epizodni shunchaki e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi.
Videotasvirda yaqqol körinib turganidek, jamoamiz hujumi davomida töp «Lokomotiv» himoyaçisi Oleg Zoteevning qöliga tegadi. Biroq boş hakam Ahror Risqullaev penalti belgilamadi. VAR bilan muloqot ham bölgan. Ammo yakunda qanday xulosaga kelindi? Qaysi qoida va mezonlarga asoslanib, penalti belgilanmadi?
ÖzFHMdan yana bir bor rasmiy va asosli izoh talab qilamiz!
Ötgan uçraşuvda ham hakamlik bilan boğliq bahsli holat yuzasidan murojaat qilganmiz, ÖzFHMdan tuşuntiriş söragan edik. Afsuski, savollarimiz javobsiz qoldi. Endi esa yana şunday holat. Nega «Andijon» har safar hakamlik qarorlaridan jabr körişi, öz haqqini talab qilişi kerak? Nega klubning e’tirozlari e’tiborsiz qolişi kerak?
Ha, ehtimol, penalti belgilangan taqdirda ham uçraşuvda mağlub bölişimiz mumkin edi. Buni inkor qilmaymiz. Ammo gap faqat natijada emas. Gap qoida böyiça qaror qabul qilinişi, har bir jamoaga bir xil mezon qöllanilişida! Axir, bunday epizod uçraşuv taqdiriga, uning keyingi borişiga bevosita ta’sir körsatmaydimi?
Biz hakamlardan imtiyoz talab qilmayapmiz. Bizga ham, raqiblarimizga ham bir xil munosabat bölişini istaymiz. Maydondagi mehnatimiz va futbolçilarimizning taqdiri bahsli qarorlar soyasida qolib ketmasligi kerak.
Qaçonğaça, biz bilan öyinlarda raqiblar öz jarima maydoni içida töpni qöllari bilan öynayveradi? Yoki ularga mumkin, bizga mumkin emasmi?
ÖzFHM, savollarimizga javob bering: nega penalti belgilanmadi? VAR qanday xulosaga keldi? Bu qarorning qoidaviy asosi nimadan iborat?
Sukut saqlaş bilan muammo yöqolib qolmaydi. Biz esa bu safar ham javobsiz qolişni istamaymiz!
Penalti belgilaş uçun yana nima bölişi kerak?!
Balki, biz bilmagan asoslar, mezonlar bordir. Şuni tuşuntirib beringlar. Hakam haqmi yoki nohaqmi?
«Andijon» matbuot xizmati.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!