So‘g‘diyona 1:2 OKMK: Olmaliqliklar irodali g‘alabaga erishdi
Superliganing 22-turida OKMK "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Superliga doirasidagi “So‘g‘diyona” va OKMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga ko‘ra, olmaliqliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsning dastlabki daqiqalaridan boshlab jamoalar hujumkor futbol namoyish etdi. OKMK bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, “So‘g‘diyona” 25-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Filip Ivanovich bosh bilan aniq zarba orqali darvozaga yo‘llab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.
Birinchi bo‘limning qolgan qismida OKMK hisobni tenglashtirishga harakat qildi. Biroq Biroq “So‘g‘diyona” himoyasi ishonchli harakat qildi va jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan OKMK tarkibida uchta o‘zgarish amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlar mehmonlarning hujumdagi faolligini oshirdi. 83-daqiqada standart vaziyatdan keyin yuzaga kelgan vaziyatdan Papava unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi — 1:1.
Oradan atigi to‘rt daqiqa o‘tib, OKMK yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 87-daqiqada Sentokuning uzatmasidan so‘ng Nodir Abdurazzoqov bosh bilan aniq zarba yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi — 1:2.
Har ikki gol epizodlari VAR tomonidan tekshirildi va hakamlar tomonidan gollarni hisoblash bo‘yicha yakuniy qaror tasdiqlandi.
Uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarida “So‘g‘diyona” hisobni tenglashtirishga urinib ko‘rdi. Biroq OKMK futbolchilari himoyada ishonchli harakat qilib, yakuniy hushtakkacha ustunlikni saqlab qoldi.
Natijada OKMK uchrashuv davomida hisobda ortda borishiga qaramay, ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida ikkita gol urib, 1:2 hisobida kambek g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Superliga. 22-tur.
“So‘g‘diyona” — OKMK 1:2
Gollar: Filip Ivanovich (24) — Giorgi Papava (82), Nodirbek Abdurazzoqov (87)
Bosh hakam: Ahrol Risqullayev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Adhamjon Rixsiboyev
To'rtinchi hakam: Feruzbek Xidoyatov
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR hakami: Shoxruh Maqsudov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Kamissar: Oybek Davletmuratov
"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 6.Behruzbek Asqarov (7.Petar Michin, 46), 22.Abdulazizxon Abdurashidov (18.Igor Golban,71) 3.Islomjon Qobilov, 4.Behruz Jumatov, 13.Filip Ivanovich, 10.Javohir Qahramonov (33.Shohjahon Sultonmurodov,65) 32.Nodirjon Soyibov, 8.Jamshid Boltaboyev, 28.Samandarjon Mavlonqulov (19.Zabihillo O'rinboyev, 46), 14.Lyupcho Doriyev.
Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 20.Fazliddin Omonkeldiyev, 9.Jenan Zaymovich, 77.Oybek Nurmatov, 2.Zoir Jo'raboyev
"OKMK": 23.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Shahzod Toirov (44.Abror Karimov, 46), 6.Avazbek O'lmasaliyev, 88.Siavash Haqnazari (11.Ali Abdurahmonov, 74), 4.Mirjamol Qosimov (28.Arihiro Sentoku,46), 5.Giorgi Papava, 9.Aziz Xolmurodov (27.Urosh Koyich, 74), 19.Ahmadullo Muqimjonov, 8.Abubakr Rizo Turdialiyev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov, 77.Ivan Peshich (10.Asadbek Sobirjonov, 46)
Zaxira: 21.Hazratjon Tursunqulov, 35.Javohir Ilyosov, 22.Saidafzalxon Ahrorov, , 28.Abror Sarimsoqov
Ogohlantirishlar: Avazbek O'lmasaliyev (62), Nodirbek Abdurazzoqov (89), Ali Abdurahmonov (90+4), Urosh Koyich (90+5) — Behruz Jumatov (90+5)