Mirko Yelichich: - Juda jangovar o‘yinni ko‘rdik. "Bunyodkor" yosh futbolchilari va yangi murabbiyi evaziga bu o‘yinga yaxshi kayfiyatda kelishini bilgandik. Klubning akademiyasi juda yaxshi, 21-22 yoshli tayyor futbolchilar chiqmoqda. Ular bilan yaxshi futbol o‘ynasa bo‘ladi. "Bunyodkor" uchun afsusdaman, bunday yigitlarni, bu klubni saqlab qolish kerak. Ularga omad tilayman va chiroyli o‘yin uchun rahmat aytaman. O‘zimizga keladigan bo‘lsak, barchasi o‘rtacha bo‘ldi. Yaxshi tomonlar ham yomonlari ham bor. O‘z golimizni urib olganimiz uchun katta bosimga duch keldik.
- Bittagina gol urilgan bo‘lsa-da, ikkala jamoada ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi.
- Ochiq o‘yin bo‘ldi. Jamoalar shunday o‘yin ko‘rsatishga tayyor. Tezlik ko‘rsatishyapti, taslim bo‘lishmayapti. Qiziqarli o‘yinlar ko‘paymoqda.
- "Bunyodkor"ga qarshi o‘tgan safargi o‘yin ham deyarli shunday bo‘lgandi: "Lokomotiv"da ko‘p vaziyat bo‘lmagan, lekin realizatsiya yaxshi bo‘ldi. Bugun esa "Bunyodkor"da ham Sizning jamoangizda ham yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. "Lokomotiv" 6-7ta gol urishi ham mumkin edi.
- Futbol shunaqa. Ba’zida to‘rtta vaziyatdan to‘rtta ursa bo‘ladi, ba’zida 12tadan 1ta. Balki bunda hujumchining mahoratini ayblash mumkindir. Lekin kecha "Al Ahli"ga qarshi o‘yinda katta pul olayotgan hujumchining gol ura olmayotganini ham ko‘rishimiz mumkin. Muhimi biz vaziyatlar yaratyapmiz, bu yaxshi. Vaziyatlar yaratmaslik esa juda yomon. Bu esa o‘yin uslubiga bog‘liq. Biz esa bundan mamnunmiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!