Superliga 23-turidan o'rin olgan "Buxoro" hamda "Andijon" jamoalari o'rtasidagi bahs keskin kurashlarga boy bo'ldi. 9-oktabr kuni "Buxoro FA" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida irodali g'alabani tantana qilishdi.
O'yinning 10-daqiqasida Martin Boake hisobni ochgan bo'lsa, 73-daqiqada Bekzod Sulaymonov oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. Biroq, uchrashuv yakuniga yaqin "Buxoro" futbolchilari vaziyatni o'zgartira olishdi. 80-daqiqada Nika Kacharava, 83-daqiqada Asilbek Qayumov hisobni tenglashtirdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida esa Sherzod Esanov g'alaba to'pini kiritib, jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi.
"Buxoro" – "Andijon" – 3:2 (0:1).
Gollar: Martin Boake, 10 – 0:1. Bekzod Sulaymonov, 73 – 0:2. Nika Kacharava, 80 – 1:2. Asilbek Qayumov, 83 – 2:2. Sherzod Esanov, 90+5 – 3:2.
Uchrashuvda hakamlar Rustam Choriyev, Sardor Hakimov va Ruslan Samandarov ishladi. O'yin davomida Kiril Todorov, Ozod Rajabov, Asilbek Qayumov hamda "Andijon" tahliliy murabbiyi Dmitriy Krayev ogohlantirildi. O'yindan so'ng esa "Andijon" darvozabonlar murabbiyi Bekzod Turg'unov qizil kartochka bilan jazolandi.
Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Martin Boake topildi. Unga 482 ta ovozning 37 foizi (178 ta) nasib etdi.
Muxlislar 482 ta ovoz berdi. Ulardan 178 tasi — 37% — senga tegishli.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!