Superliga 25-turidan o‘rin olgan bahsda Nasaf o‘z maydonida So‘g‘diyona bilan kuch sinashdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Superliga 25-turidan o‘rin olgan bahsda Nasaf o‘z maydonida So‘g‘diyona bilan kuch sinashdi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi gollarga quyidagicha mualliflik qilindi:
Superliga 26-turidan oʻrin olgan Soʻgʻdiyona - Buxoro uchrashuvidan soʻng jamoa bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Superliga 26-tur doirasidagi Soʻgʻdiyona - Buxoro 1-1 uchrashuvidan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Birinchi bo‘lim juda zerikarli o‘tdi. Shunda ham bizda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Aniq bitta vaziyatni eslayman. Ikkinchi vaziyatda rikoshet halaqit qildi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin surati o‘zgarib ketdi, "Buxoro" gol urdi. Farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qildik va hujumga o‘tdik. Menimcha biz golga loyiq edik. Yutqazib turgan joyimizda bir ochkoning qo‘lga kiritilishi - bu muvaffaqiyat.
- Yosh futbolchilar Sardor Jamolov va Shohruz Kamolov haqida nimalar deysiz? Sardor Jamolov debyutidagi ikki o‘yinida gol urdi, o‘z navbatida Shohruz Kamolov ham debyutida darvozani ishg‘ol qilmoqda.
Hozirgi futbolda yosh yoki yoshi katta futbolchi deb ajratishdan ma’no qolmadi. Yosh bo‘lsa ham, balki, Premyer-liga darajasida bo‘lishi mumkin yoki zaxiradan tushib, o‘yinni kuchaytirishi mumkin. Demak, yoshni ajratishning farqi yo‘q. Yosh bo‘lsa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatib, jamoaga yordam berayotgan bo‘lsa, unga eshiklar ochilmoqda. Ular uchun xursandman. Ular zaxiradan maydonga tushib, gol urishdi. Ular uchun xursandman. Shuningdek, bugun oxirigacha kurashib, mag‘lub bo‘lishmagani uchun jamoadan ham minnatdorman.